L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Sof mahsulot to‘g‘risidagi ta’limot
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.Kenening sinflar nazariyasi
- F.Kenening kapital nazariyasi
Sof mahsulot to‘g‘risidagi ta’limot
F.Kenening nazariy merosida uning sof mahsulot (milliy daromad) to‘g‘risidagi ta’limoti muhim o‘rin egallaydi. Uning fikriga ko‘ra, sof mahsulotning manbai yer va unga sarflangan kishilarning mehnati hisoblanadi. Shu boisdan davlat sanoatni emas, balki qishloq xo‘jaligini rag‘batlantirish to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilishi kerak. F.Kene «dehqonlar kambag‘al bo‘lsa qirollik kambag‘al bo‘ladi» deb, hukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki savdogar va hunarmandlar qishloq xo‘jaligida yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va o‘zgartirish Bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat «unumsiz» hisoblanadi. F.Kenening sinflar nazariyasi F.Kene jamiyatni 3 sinfga ajratib ko‘rsatib beradi: unumli sinf, unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi. Unumli sinf – bunga qishloq xo‘jaligida ish bilan band bo‘lgan barcha kishilar, dehqon va fermer ham kiradi. «Unumsiz» sinf – bular hunarmandlar, ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, amaldorlar, ya’ni dehqonchilikdan boshqa sohada ish bilan band bo‘lgan kishilar. Ular faqat o‘zlarini ta’minlaydilar, o‘z iste’moliga qanchalik mahsulot kerak bo‘lsa, shunchalik mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali, ammo o‘zining ham, jamiyatning ham boyligini ko‘paytirmaydi, shu ma’noda, unumsizdir. Mulkdorlar sinfi esa yer yegalari, unga qirol va ruhoniylar ham kiradi. Mulkdorlar tomonidan olinadigan daromad – bu ularning oldin qilgan harajatlari uchun in’om. F.Kenening kapital nazariyasi Merkantilistlar kapitalni pul bilan bir narsa deb hisoblagan bo‘lsalar, F.Kene fikriga ko‘ra «pul unumsiz boylik bo‘lib, u hech narsa ishlab chiqarmaydi». Uning atamasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi qurollari, qurilishlari, mollari, hayvonlari va dehqonchilikda bir necha ishlab chiqarish sikllarida foydalaniladigan barcha narsalar «dastlabki avanslar» deyiladi (yoki asosiy kapital). Bir ishlab chiqarish siklida ishlatiladigan urug‘lik, yem-xashak, ishchilarning mehnat haqi va boshqalarni u «har yillik avanslar»ga kiritdi (yoki aylanma kapital). Demak, uning fikriga ko‘ra, kapital – bu pulga olinadigan barcha ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. U aylanma kapital bilan birga asosiy kapitalni ham harakatda bo‘lishini isbotlab berdi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling