L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti.
25 Takror ishlab chiqarish nazariyasi. Iqtisodiy ta’limotlar rivojlanishida F.Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval» asari juda kata rol uynadi. Bu asarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni, takror (uzliksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasi birinchi marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi.. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayor mahsulotning aylanish tamoyillari ko‘rsatiladi, bu o‘sha davr uchun katta kashfiyet edi. F.Kene jamiyatdagi uchta sotsial guruh – ya’ni fermerlar (unumli sinf), mulkdorlar (yer egalari), sanoatchilar (unumsiz sinf)- o‘rtasida mahsulot va pulning ayirboshlanish jarayonini ko‘rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil etishda baholarning o‘zgarmasligi asos qilib olinadi. Bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro‘y berayapti, deb faraz qilinadi. Bu jarayon tashqi bozor ta’sirisiz, ya’ni faqat ichki bozor sharoitida yuz berayapti, deb qaraladi. Tarmoqlar, ya’ni sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo‘lishi zarurligi qayd etiladi, ma’lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muxim. F.Kenening takror ishlab chiqarish nazariyasida jamiyatni sinflarga bo‘lishi kamchiligi bo‘lsa, milliy iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada tahlil qilishi bo‘lajak iqtisodiy modellar uchun kurtak vazifasini bajaradi. A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti. F.Kene g‘oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781)tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o‘zini F.Kene shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda dvoryanlar oilasida tug‘ildi. Olim va davlat arbobi A. Tyurgoning iqtisodiy g‘oyalari ancha mukammal bo‘lib o‘sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyatdagi jarayonlarni ancha izchil tahlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligini e’tirof etiladi. Bu xulosa to‘g‘ri xulosadir. A. Tyurgo sanoat va xizmat soxalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo‘shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal hal etadi, sanoat, ssuda va kapital xaqida fikr yuritadi. Lekin oxir oqibatda fizokratizm qobig‘idan chiqa olmaydi, qo‘shimcha mahsulotning asosiy mahsulotining asosiy shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop etilgan) «Boylikning paydo bo‘lishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi mulohazalar» asarida nisbatan to‘la yoritilgan. U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan yaxshilash mumkin degan fikrga (F.Kene fikri) ishonmadi. 1774 yili qirol Lyudovik 16-chi A.Tyurgoni moliya bosh nazoratchisi lavozimiga tayinladi. Bu lavozimda 2 yilga yaqin ishlagan A.Tyurgo mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama erkinlashtirish uchun imkoniyat yaratib beruvchi bir qator farmon va qonun loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Masalan, mamlakat ichkarisida donning erkin savdosini tashkil etilishi, natural yer majburiyatini pulli yer solig‘i bilan almashtirilishi, sanoat sohasida tadbirklorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hunarmandchilik birlashmalarining bekor qilinishi shular jumlasidandir. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling