L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari.
Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646-1714) hisoblanadi. U huquqshunoslikdan ta’lim olganiga qaramay, iqtisodiyot sohasiga ancha qiziquvchan bo‘lgan. Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo‘lib, qirollar va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Vaholanki, agar Angliyada burjua inqilobi 17- asrda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, Fransiyada bu inqilob 18-asrni oxirida ro‘y berdi. Xo‘jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, xalq xo‘jaligida natural xo‘jalik asosiy bo‘lib, sanoat rivoji past edi. Faqat zeb-ziynat buyumlari va parfyumeriya mahsulotlari tayyorlash bo‘yichagina Fransiya Yevropada yuqori o‘rinda edi. Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham muhim g‘oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan ancha katta farq qiladi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. Agar V.Petti ko‘proq sanoat va savdoni qo‘llagan bo‘lsa, Buagilber asosan qishloq xo‘jaligi soxasini tadqiq etdi va o‘zining muxim xulosalarini chiqardi. qiymatni aynan iste’mol qiymati shaklida tushindi. «Proporsional baholar» tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baxolarni qo‘lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqrozini to‘g‘ri tushuntirib berdi. Pulga salbiy munosabatda bo‘ldi, oltin va kumushlarni yovuzlik sababi deb bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo‘llab quvvatladi, sanoat va savdoga kam e’tibor berdi. Buagilberning iqtisodiy islohotlari bo‘yicha takliflari o‘z davri uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Olimning tadqiqot predmeti jamoat boyligi konsepsiyasidan iborat edi. U jamiyatda erkin raqobat va milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat manfaatlaridan ustunligini tan oladi. P.Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo‘li Bilan qishloq xo‘jaligining rolini mutlaqlashtirgan. 1691 yilda u Fransiyani og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif etadi. 1707 yili u «Fransiyani qoralash» degan asarini Chop etadi. Unda Fransiyaning kambag‘illik holati ko‘rsatiladi, merkantilistik siyosat qoralanadi. Iqtisodiy islohotlar o‘tkazish to‘g‘risida Yangi g‘oyalar ilgari surildi. Jumladan, soliq tizimini o‘tkazish, ichki bozorni kengaytirish va tovar-pul muomalasini kuchaytirish uchun ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish, mehnat taqsimoti o‘sishining ta’minlash va hokazo. U o‘z takliflari Bilan bir necha bor qirolga murojaat qiladi, ammo uning bu harakatlari Zoye ketadi. Uning g‘oyalari faqat kitoblarida qoladi. 23 P.Buagilber V.Pettiga o‘xshab, mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi. U pulga keskin qarshi chiqadi, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning manbai mujassamlangan, degan fikrga keladi. Pulning yagona yaxshi tomoni shundaki, u almashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o‘rnini qog‘oz pul bemalol qoplaydi. Ko‘rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib etmaydi. P.Buagilberning nazariy qoidalarining o‘ziga xosligi shundan ibrat Ediki, u iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va bunda davlatning iqtisodiy funksiyasini inkor etmadi. Uningcha, davlat to‘g‘ri soliq tizimi orqali mamlakatda iste’mol va talabni yuqori darajada ta’minlanishi mumkin. Agar iste’mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag‘allar ko‘proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o‘z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. P.Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatning sarflangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Agar V.Pettining iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati asosiy bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rolni o‘ynadi (Aslida ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi). Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling