L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy ta’limotlar
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy ta’limotlar
Qadimgi Hindiston xo‘jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o‘rganishning asosiy manbai bo‘lib «Artxashastra» asari (m.o. 4 asr oxiri) hisoblanadi. Uni podsho Chandraguptining maslahatchisi Kautilya yozgan deb taxmin qilinadi. Bu nodir asar 15 kitobdan iborat bo‘lib, «artxa» so‘zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» - ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi. Asarda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanalgan. Bu asarda davlatni boshqarish bo‘yicha takliflar berilgan bo‘lib, bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ham ilgari surilgan. Unda podsho to‘rtta «ilmni» bilishi zarurligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Uning bittasi iqtisodiyot hisoblanadi. «Iqtisodiyot» dahqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko‘rib chiqiladi. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etishi va odamlarni u yerlarga o‘rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko‘chib kelganlarga yer soliq to‘lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Agar beriladigan yerlar yaxshi ishlatilmasa, ulardan yerlarni tortib olish va yaxshi ishlaydigan dehqonlarga berish tavsiya etiladi. Asarda davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko‘rib chiqilishi lozimligi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi Bilan uning tabiiy qiymati o‘rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo‘lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo Bilan shug‘ullanuvchilarga alohida urg‘u berilgan bo‘lib, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo‘shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan 4 Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. -10b. 11 tovarlar uchun 10 foiz qilib belgilangan. Tovarlar bahosining mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zaxirasi bo‘lishi kerak. Bu Bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta’minlashga erishiladi. «Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini yechishga katta ahamiyat beriladi. Jumladan, daromad solig‘iga katta e’tibor berilgan. Davlat ba’zi ishlarini rivojlantirishi uchun moddiy va ma’naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta’minlash (foydani oshirib, sarf- harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish kerakligi belgilangan. Shu Bilan birga davlat amaldorlarini tez-tez o‘zgartirib turish kerakligi tavsiya etilgan, chunki «suvda suzib yurgan baliq, o‘sha suvdan ichayaptimi, yo‘qmi bilib bo‘lmaganidek, ishga birkitilgan amaldor mulkni o‘zlashtirayaptimi, yo‘qmi – aniqlab bo‘lmaydi», deyiladi asarda. Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (e.a.IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat tahsimotining hukmronligi va bo‘ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda bir qancha muhim iqtisodiy g‘oyalar keltirilgan. Ularda xususiy mulk daxlsiz ekanligi qayd etilgan. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling