L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Oltinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yettinchi gurux uchun tarqatma mterial.
Oltinchi gurux uchun tarqatma material. Angliyada klassik maktabni boshqa
tarzda izohlovchilar orasida Jeyms Mill (otasi) (1773-1836) muhim o‘rinni egallaydi. Bu olimni Jon Syuart Mill -o‘g‘li bilan adashtirib yubormaslik kerak, uning iqgisodiy g‘oyalari qam quyida ko‘riladi. 118 «Rikardo maktabining tanazzuli, — deb yozgan edi K.Marks, — mana shu kimsadan boiiaiadi». J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o‘ziga xos yo‘l bilan talqin etdi. U ishchilarning ish haqini oshirish yo‘lidagi ik^isodiy kurashi o‘rinsizligini iqtisodiy jihatdan asos- lamoqchi bo‘ladi. J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma ishchining maoshi o‘rtasidagi qarama- qarshilikni rad etib, yer rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning renta to‘g‘risidagi nazariyasini davom ettirib, yer rentasining davlat tomonidan qo‘shib olinishi, ya’ni haqiqatda yerni milliylashtirish (natsionalizatsiya) qilinishini talab qilib chikdi. J.Mill o‘ziniig «Siyosiy iqtisod elementlari» (1821) asarida qiymatning meqnat nazariyasiga butunlay qarshi chiqdi va qiymatning manbai sifatida faqatgina jonli mehnatni emas, balki ishlab chiqarish vositalarida mavjud bo‘lgan mehnatni qam hisobga olishni talab qshdi. Bu xulosaga asoslanib kapitalistlar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi ekspluatatsiya inkor qilinib, ularni «teng tovar egalari» sifatida qabul qilishni taklif etdi, bu esa ularning har biri ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘ziga tegishli foyda ulushini olishining to‘g‘ri ekanligini isbotlashga asos bo‘ldi. Yettinchi gurux uchun tarqatma mterial. London dorilfununining siyesiy iqgisod professori Jon Ramsey Mak-Kullox (1789-1864) ham klassik maktabning so‘nggi namoyandalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» (1825) kito-bida qiymatning mehnat nazariyasini rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham, bug‘ ham, koks ham, mashina ham mehnat qiladi, degan g‘oyani ilgari surdi. Bunga aosolanib u foyda qiymatning jamg‘arilgan mehnat yoki kapital «ishi» tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantili-stlar kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da’vo qiladi. J.Mak-Kullox Maltusning «Aholi nufusi» qonunini to‘la quvvatladi. Agar avvalgi iqgisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan bo‘lsalar, XIX asrning 30-50-yillarida iqgisodchilar o‘rtasida klassik maktabdan ochiqdan- ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo‘ldi. Bu davrda sanoat to‘ntarilishi nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya amalga oshdi. Sinfiy kurash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada char-tizm, Fransiyada Lion to‘quvchilarining qo‘zg‘oloni, 1848 yil inqilobi va boshqalar) hukmron sinflar uchun sotsialistlar tomonidan kapitalizmni tanqid qilish va ishchilarning ij-timoiy talablarini asoslab berish uchun ko‘pincha foydalana-digan qiymatning mehnat nazariyasi, Rikardoning foyda, kapitalist va ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta’li-moti va boshqa g‘oyalari katta xavf tug‘dirar edi. Dars yakunida o‘qituvchi talabalarni mashg‘ulot davomida bergan javoblari, tartibi, gurux bo‘lib ishlashi, bir-birlarini fikrini xurmat qilishi va tingash olishlarini hisobga olib qo‘ygan ballarini eshittiradi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling