L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Ikkinchi gurux uchun tarqatma material


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   133
Bog'liq
44679-1

Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. Birinchi davrdagi iqtisodiy 
g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi. 
1.Ijtimoiy-psixologik (T.Veblen). 
2.Ijtimoiy-huquqiy (Jon R.Kommons). 
3.Emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell). 
Institutsional g‘oyalar evolyutsiyasining birinchi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy 
qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin. 
1-yo‘nalish Torsten-Veblen (Asarlari:2 «Bekorchi sinflar nazariyasi «(1899), 
«Fanning hozirgi sivilizatsiyadagi o‘rni va boshqa ocherklar» (1919), «Zamonaviy 
o‘zgaruvchi tizimlar to‘g‘risidagi ocherklar» (1934))kitoblarida keltiriladi.Bularda 
davrning tabiiy tanlanish ta’limoti insoniyat jamiyatida «yashash uchun kurash» 
tamoyili asosida tadbiq qilishga asoslanadi. Markscha sinfiy kurash va umuman 
sinflar mavjudligi inkor etiladi. Industrial -texnokratik konsepsiyalar ishlab chiqiladi. 
«Industriya» (barcha ishlab chiqaruvchilarni) va «biznes» (moliyachilar, 
tashkilotchilar, tadbirkorlar) nazariyasida ishlab chiqarishning moddiy va ijtimoiy-
iqtisodiy 
asoslari 
bog‘lanmagan.Bu yo‘nalish jamiyatni isloh qilishda 
intelligensiyaning rolini birinchi o‘ringa qo‘yadi(menedjerlar). 


 
127 
Uchinchi gurux uchun tarqatma material. 2-yo‘nalish Jon R.Kommons 
(Asarlari: «Kapitalizmning xuquqiy asoslari»(1924), «Institutsional iqtisodiyot. 
Uning 
siyosiy 
iqtisoddagi 
o‘rni»(1934),»Jamoa 
faoliyatining 
iqtisodiy 
nazariyasi»(1950)asarlarida bayon qilinadi).
U iqtisodiyotda nazariya va yuridik konsepsiyalar to‘g‘risidagi qoidalarning 
o‘zaro qorishmalarini taklif etadi. Kapitalizm bozor munosabatlari «odil bo‘lmagan 
rag‘bat» illatiga olib kelayotganligi sababli, almashuv munosabatlari odil bo‘lishini 
ta’minlash, raqobat xavfini yo‘qotishni davlatning yuridik - qonun organlari 
vositasida hal etish mumkinligi g‘oyasini ilgari suradi. «Sotsial nizo» ta’limotida 
nizolarning 
antogonistik(kelishtirib 
bo‘lmas) emasligini, ularning jamiyat 
evolyutsiyasining harakatga keltiruvchi omil ekanligini aytadi. Ishchi va kapitalizm 
o‘rtasidagi munosabat- kelishuv bo‘lib, bu kelishuv: nizo, o‘zaro ta’sir va yechimdan 
iborat bo‘ladi. 
U jamiyatda ijtimoiy - qarshiliklar kuchayishi,ya’ni konfliktlarni yuridik 
kelishuvidan boshqa narsa emas deb hisoblaydi. Jamoatchilik fikri nazoratidagi 
iqtisodiyotni demonopolizatsiya qiladigan hukumat tuzumi zarurligiga ishonadi. 
Mulkni o‘z shakliga (moddiy, nomoddiy), qarz va qarz majburiyatlari ) va ko‘rinmas 
(qimmatli qog‘ozlarga) ajratadi. Birinchi o‘ringa ishlab chiqarish emas muomala 
sohasi qo‘yilgan. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling