L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material. «Iqtisodiy nazariya tiplari
to‘g‘risida leksiyalar»(1935) nomi bilan bog‘liq.U Veblenning shogirdi bo‘lib, ishlab chiqarish va biznes qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi fikrni meros qilib olgan. Odamlarning jamiyatdagi hulqini tadqiqot predmeti deb hisoblaydi. Ijtimoiy psixologiya, an’ana va urf-odatlar iqtisodiy hodisalarni belgilovchi omillar sifatida qaraladi. Mitchell bo‘yicha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, son va raqamlar o‘zgarishidagi qonuniyatlar hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. U siklik hodisalar tadqiqotchisidir. Moliya-pul muomalasi va kredit kategoriyalari bilan siklik tebranishlarni o‘zgartirish, oldini olish va iqtisodiyotga ta’sir etish mumkin, deb hisoblagan. U katta yillar davomiyligini hisoblagan. Kapitalizmning inqirozsiz rivojlanish modeli loyihasini yaratgan. Sikllarni kapitalizm iqtisodiyotiga xos doimiy xususiyat deb qaraydi. Yuzaga keladigan turli qarama- qarshiliklarni yechishda davlat roli orqali tartibga solish eng qulay vosita deb hisoblanadi. Uning tadqiqiotlari empirik va institutsional usullar qorishmasidan iborat. Kechki va neoinstitutsionalizm davri J. K. Gelbreyt, Pitirim Sorokin(AQSH) Raymond Atoi (Fransiya), Yan Tinbergen (Niderlandiya)va boshqa olimlar nomi bilan bog‘liq,ular fikricha, jamiyatni qayta qurish, transformatsiya masalalarini hal etishda texnik-iqtisodiy omillar mutloqlashtiriladi; Jamiyatning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki neoindustrial informatsion jamiyat sari qarama- qarshiliklarsiz evolyutsiyasi, sotsialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi nazariyasi ilgari suriladi(konvergensiya nazariyalari). J.K.Gelbreyt asarlari sotsialistik va kapitalistik tizimda ro‘y berayotgan umumiy o‘zgarishlar, masalan, rejalashtirishdan foydalanish, davlat va korporatsiya o‘rtasidagi farqlarning yo‘qolib borishi, tashqi muhitni o‘rganish, fan va ta’limda mehnat taqsimoti o‘sishda asosiy omil ekanligini va boshqalar tan olinadi. 128 «Kapitalizm transformatsiyasi» ro‘y berishi bashorat qilingan (Asarlari: «Mo‘l- ko‘lchilik jamiyati»(1958),»Yangi industrial jamiyat»(1927). «Yangi sivilizatsiya» asari vujudga kelishi to‘g‘risida Toflerning «Uchinchi to‘lqin» kitobi bayon etilgan. Neoinstitutsionalizm nazariyalarida texnik omillarni mutloqlashtirishdan chekinilib, asosiy e’tibor insonga va sotsial muammolarga qaratilgan. «Mulk huquqi» (Ronald Klouz-AQSH) va jamiyat tanlovi (Jeyms Byukenen - AQSH) shular jumlasidandir. Bu yo‘nalish bo‘yicha XX1 asr «Inson asri» deb e’lon qilingan. Inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi, deb qaraladi. Yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun yangicha siyosat yurgizishni taqozo etadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling