L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Uchinchi
gurux uchun tarqatma material. Gettingem va Leypsig dorilfununlarining professori Vilgelm Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843 yilda u «Tarixiy usul nuqtai nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asosla-ri» kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlarning ob’ektivligini rad qilish bu ta’limotning o‘zagidir. V.Rosher ijtimoiy iqgisodiyotning umumiy qonuniyati yo‘q, balki faqat iqtisodiy omillar taraqqiyotininggina qonunlari bor, deb da’vo qilgan edi. Siyosiy iqtisod millat oldida burch tuyg‘usiga ega bo‘lgan ma’naviy fandir. V.Rosher siyosiy iqtisod predmetini ta’riflashda Listning tizimini to‘la-to‘kis qabul qilib olib, jamiyat asta-sekin rivojlanadi deb hisobladi va sinfiy kurash mavjudligini inkor etdi. Rosher urushning madxiyachisi edi, u urushni tabiiy holat deb hisobladi va Germaniyani mustamlakalar va ta’sir doiralarini bosib olishga chaqirdi. Rosher tarixiy fiziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqqi. Bu usul kapitalizm taraqqiyetining prusscha yo‘lini, unga xos bo‘lgan feodal sarqitlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtashdan, faktlarni to‘plashdan va shu faktlarni tarixiy o‘xshashliklar asosida izoxlashdan iborat. O‘zining nazariy qoidalarida Rosher qiymatni iste’mol qiymatidan (foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun mo‘ljallangan har qanday mehnatni tushundi. J.V.Seyning ishlab chiqarishning uch omili nazariyasini V.Rosher tarixiy usul poziqiyalarida turib talqin etdi. Foydani kapitalistlar mehnatining natijasi 14 A.Razzoqov va boshqalar. Iqtisodiy ta’limotlartarixi. Darsli. T.: Moliy -294-298b 117 deb e’lon qilib, daromadlarni taqsimlashda uyg‘unlik hukmronlik qiladi, tenglik esa ikqisodiy taraqqiyot omili bo‘lib xizmat etadi deb hisobladi. Iqtisodiy toifalarni talqin etishda Rosher aslida odamlarning buyumga bo‘lgan mu-nosabatini ko‘rdi. Garchi u klassik maktab qoidalarini o‘zgartirgan bo‘lsa ham, ammo rasman qali bu maktabning mero-si bilan aloqani uza olmagan edi. Uning izdoshlari va mas- lakdoshlari undan ilgarilab ketishdi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling