L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Ikkinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. F.Listning iqtisodiy qarashlari. Fridrix
List (1789-1846 yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug‘ildi. U o‘qishni 15 yoshda tutatib, hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo‘lib ikki yil ishladi. Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o‘zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. 1817 yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti kafedrasi professori bo‘lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo‘nalishdagi taniqli publisist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat’iy tarafdori sifatida tanildi. U 1847 yil Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan iqtisodchilar kongressida o‘zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli notiqlik qobiliyati bilan ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. List 1819 yilda Germaniya iqgisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi. F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a’zosi bo‘lib, o‘zining keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Natijada u 1825 yilda Germaniyani tark etib, AQShga doimiy yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug‘ullandi, keyinchalik nemis gazetalari-ning muharriri bo‘ldi hamda sanoat sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xu-susiyatlarini chuqur o‘rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni tayyorladi. 1832 yilda F.List Yevropaga qaytib, AQShning Leypsigdagi elchisi bo‘lib ishladi. Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo‘lini qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo‘lib hissadorlik uyushmasini tashkil etdi. F.List o‘zining uchinchi va oxirgi emigrasiyasidan so‘ng Parijda uch yil yashadi. U o‘zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o‘rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo‘lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning milliy tizimi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqgisodni yaratish vazifasini o‘rtaga qo‘ydi. Mam-lakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to‘g‘risidagi ta’limot unga asos bo‘lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyatni ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo‘shdi. F.Listning ta’limotiga ko‘ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo‘lib qolishi, huquq, sud, armiya, politsiya va shu kabilar) yaratadi. 116 F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to‘g‘risidagi g‘oyalar katta o‘rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: badaviylik, cho‘ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manufaktura, dehqonchilik - manufaktura — savdo bosqichlarig‘a bo‘ladi. Bunday bo‘lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o‘sishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan — qishloq xo‘jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan iborat edi. F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishi va savdo siyosati atrofidag‘i qizg‘in tortishuvlarda alohida o‘rin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta’sir ko‘rsatdi. F.List o‘zining g‘oyalarini rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi sanoat taraqqiyoti orqali bo‘lishi mumkinligini va shuning uchun uni chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu asar o‘z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg‘in qabul qilinib, katta qiziqish bilan o‘qildi. U faqatgina qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan millat bir qo‘l bilan mehnat qiladigan kishi kabidir, deydi. Davlat sistemasidagi tadbirlar milliy ish-lab chiqarishni chet el raqobatidan to o‘zini tiklab olguncha va teng raqobatdosh bo‘lguncha himoya qilishi kerak deyiladi. Er-kin savdoni amalga oshirishni esa u keyinroq, ya’ni hamma millatlar bir xil rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni tavsiya qiladi. Hozirgi. davrga kelib Listning bunday qarashlarining ayrimlari dolzarb bo‘lib, hayotda o‘z o‘rnini topmoqda. Chunki ularning oldida jahon bozorida hukmronlik qilayotgan rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi sharoitida o‘z sanoatlarini himoya qilish vazifasi turibdi. 14 Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling