L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Valyuta munosabatlari taxlili
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Valyuta munosabatlari taxlili. Iqgisodchi olimlar xalqaro valyuta
munosabatlariga alohida z’tibor beradilar. Valyuta bozorida milliy valyuta chet zl valyutasiga almashtiriladi. Almashuv (valyuta) kursi- bu chet el valyutasi birligining milliy puldagi ifodasidir. 30-yillargacha tulov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil etishda D.Yum, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan «klassik» nazariya ustun mavqega ega bulgan. Bu g‘oyaga ko‘ra, oltinning xalqaro harakati va har bir mamlakatdagi baholarning uzgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog‘liq, oqibatda barcha mamlakatlarning tulov balansi barqarorlikka intilish tendensiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi bilan olimlarning ko‘pchiligi neokeynschilik pozitsiyalariga o‘tib oldilar «Oltin standarti» XIX asrda va XX asrning ma’lum davrida amalda bulgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31 yillar oltin standartidan foydalanilgan, AQShda 1934 yil dollarni oltinga aylantirish tugatildi). Yangi sharoitda tulov balansini tartibga solishda asosiy z’tibor davlatning hisob stavkasiga ta’siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga solish chorasi sifatida importni kamaytirish va zksportni rag‘batlantirish, buning uchun esa mehnatkashlarning ichki tulov imkoniyatlari talabini pasaytirish (deflyatsiya yuli) yoki milliy valyutani devalvatsiya qilish usuli taklif etiladi. 60-yillardagi iqisodiy jarayonlar neokeynschilik metodlaridan voz kechishga sabab buldi, yana neoklassik yulga qaytildi, ya’ni davlatning iqgisodiy, shu jumladan valyuta ishlariga aralashuvi cheklandi, valyutalar kursining erkin tebranishiga imkon berildi, bu esa o‘z navbatida avtomatik barqarorlashuviga olib kelishi kerak zdi. Ammo valyuta kursi o‘zgarib turishining tulov balansiga ta’siri cheklangan harak- terga ega bo‘ladi (masalan, valyutaning «suzib yuruvchi kursi» paytida bu narsa aniq bulib qoldi), chunki tulov balansining barqaror emasligi muomala sohasiga emas, balki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq. Tulov balanslari passivi davlatning chet eldagi harajatlariga, ayniqsa turli harbiy-siyosiy aksiyalarga bog‘liq bo‘ladi. Valyuta kursining qalqib turishining uzi ham xalqaro valyuta tizimining beqarorligini kuchay- tiradi. Sunggi yigirma yil ichida industrial rivojlangan mamlakatlar chegaralangan, ammo har xolda tartibga solinadigan kursdan elastik valyuta kursiga o‘tib oldilar. 70 Absolyut elastik valyuta kursida almashuv kursi valyuta bozoridagi teng kuchli valyuta bahosida belgilanadi, cheklangan kurs chog‘ida esa valyuta kursi Markaziy bank tomonidan belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs buyicha xorijiy valyutani harqancha miqdorda olish va sotish majburiyatini o‘ziga oladi. Valyutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog‘liq. 1. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda ichki baholarning o‘sishi valyuta kursining pasayishiga olib keladi (harid qilish qobiliyati pariteti nazariyasi); 2. Savdo oqimi bilan bog‘liq omillar; masalan, eksport bozorining kamayishi yoki yuqotilishi, defitsit, ya’ni valyuta arzonlashuvini keltirib chiqarish. 3. Kapital oqib o‘tishi. Mamlakat ichida faiz stavkalarining oshishi kapitalni jalb etadi va bu bilan milliy valyutaning qimmatlashuvini keltirib chiqaradi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling