L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Keyns g‘oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133
Bog'liq
44679-1

Keyns g‘oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati. Keyns ta’limoti inqirozlar
urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo‘ldi, chunki favqulotta 
holatlar davrida davlatning roli kuchli bo‘lishi kerak. Amalda esa ayniqsa, 2-jahon 
urushidan so‘ng G‘arb mamlakatlarini sotsialistik orentatsiyasi kuchaydi (davlat 
mulki oshib bordi), davlat byudjeti qarzlari ko‘payib, ishsizlik ham o‘sgan, 
inflyatsiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlarni ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir 
deb tan olinmoqsa. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish 
tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish (inflyatsiyaga olib keladi), 
ya’ni emissiya yo‘li ko‘pchilikka oson ko‘rinadi. Bu konsepsiya ma’lum davr 
mobayniyaa inflyatsiya bo‘lmagan holda minimal ishsizlik darajasini isbotlashga 
imkon beradi. 
70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 
bo‘yicha neoliberalizm g‘oyalari asosiy bo‘lib qoldi, chunki bu davrda jahoning 
ko‘pgina mam-lakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflyatsiya
davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni 
tanqid qilar ekanlar, iqgisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning 


 
65 
kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiya-lar kamayganligi ular 
g‘oyalarining sayozligidan dalolat bera-di, deb hisoblaydilar. 
70-80-yillar neoliberal g‘oyalar iqtisodiyetda tobora us-tunligini egallay boshladi. 
Ko‘p davlatlarda iqgisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi (nodavlat 
shakllariga o‘tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, 
Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning 
ikqisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling