L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Iqtisodiy o‘sish bosqichlari


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133
Bog'liq
44679-1

Iqtisodiy o‘sish bosqichlari 
Amerika olimi Uolter Rostou (1916) o‘zining «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari» 
(1960) kitobida jamiyatning xo‘jalik rivojlanishi bosqichlarini ko‘rsatib berishga 
harakat qildi. 
U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko‘rsatib berdi: 
1. An’anaviy jamiyat. Nyutongacha bo‘lgan Fan va texnika hamda qishloq 
xo‘jaligining ustunligi bilan ifodalanadi. 
2. O‘tkinchi jamiyat: unda iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi; 
Fan yutuqlari ishlab chiqarishga tatbiq etiladi, banklar paydo bo‘ladi, ishlab 
chiqarishni investitsiyalash kuchayadi. 


 
60 
3. Yuksalish davri (sanoat inqilobi): eski an’anaviy uklad asosan tugatiladi, iqtisodiy 
o‘sish normal holat hisoblanadi, sanoatning asosiy tarmoqlari jadal rivojlantiriladi
davlat eksportni rag‘batlantiradi. 
4. Yetuklik bosqichi: aholining o‘sishiga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishning 
doimo ortiq bo‘lishi ta’minlanadi, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga 
integratsiyalashuvi kuchayadi, an’anaviy jamiyat batamom tugatiladi. 
5. Ommaviy iste’mol bosqichi: uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari va 
xizmat ko‘rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi. 
Uningcha, kommunizm – bu «o‘tkinchi davrning kasali», «yagona industrial 
jamiyat»ga o‘tishning mumkin bo‘lgan yo‘llaridan biridir. 
Tayanch so‘z va iboralar 
Institutsionalizm, T.Veblen, davlat, kasaba uyushmasi, yirik korporatsiyalar, urf-
odat, an’ana, «bekorchi sinf», «texnostruktura», «Yangi industrial jamiyat», siklik 
rivojlanish, prognoz, monetarizm. 
Muhokama uchun savollar: 
1. Institutsionalizm so‘zining ma’nosini tushuntirib bering. 
2. Institutsionalizmning paydo bo‘lish tarixiy shart-sharoitlarini tushuntiring. 
3. Institutsionalizmning asosiy nomoyondalarini sanab bering. 
4. Monetarizmning asosiy nomoyandasi va g‘oyalari. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling