L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Tayanch ibora va tushunchalar
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Institutsionalizm yo‘nalishi.
Tayanch ibora va tushunchalar.
Marjinalizm, Marjinalizm, sub’ektiv-psixologik, neoklassika, A.Marshall, «ekonomiks», baho, talab, taklif, talab elastikligi, «Marshall hochi (kresti)». Byom- Baverk; «Robinzonad» usuli; qadriyat, taqsimlash va eng yuqori foydalilik nazariyalari; Klarkning «eng yuqori mehnat unumdorligi» nazariyasi. L.Valras; «noyoblik», eng yuqori foydalik». Muhokama uchun savollari. 1. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga kelgan iqtisodiy ta’limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat? 2. XIX asrning 70- yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablarni bilasiz? 3. Marjinalizmning iqtisodiy ta’limotlar tarixida tutgan o‘rni haqida aytib bering? 4. Kembridj maktabining uslubiyatiga xos xususiyatlari nimadan iborat. 5. A.Marshallning asosiy asari va unda bosh mavzu nimalardan iborat? 6. Klarkning iqtisodiy nazariyasnga ta’rif bering. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998. 2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T., Fan, 1997. 3. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 309-326, 329-340b. 4. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. 131-151b. 58 MAVZU 10: HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARINING ASOSIY YO‘NALISHLARI (INSTITUTSIONALIZM) Iqtisodiy fanda sotsial-institutsional yo‘nalish. T.Veblen – institutsionalizm asoschisi. J.K.Gelbreyt «Yangi industrial jamiyat konsepsiyasi». Iqtisodiy o‘sish bosqichlari Monetarizm konsepsiyasi. Institutsionalizm yo‘nalishi. Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSH da keng tarqalgan. Iqtisodiy ta’limotlardagi institutsionalizm yo‘nalishi AQShda 20-asrning 20- 30yillarida keng tarqaldi. Bu yo‘nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat, ko‘rsatma, muassasa so‘zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o‘tishi bilan bog‘liq ravishda ro‘y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va b.). Institutsionalistlar moddiy omillar bilan birga ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarni iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb hisobladilar. Yo‘nalish vakillarining fikricha institutlar jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy kategoriyalar jamiyat ruhining paydo bo‘lishi shakli hisoblanadi. Bu yo‘nalishdagilar ma’lum guruhlarning odat, an’analari, yurish-turishi, o‘ylash usullari, huquqiy-ahloqiy va boshqa ko‘rinishlar evolyutsiyasini tadqiq qiladilar. Institutsionalizm evolyutsiyasi uch davrga bo‘linadi. 1. Eski negativ maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamilton g‘oyalarida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon qilinadi. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog‘laydi. Kommons - ruhshunoslik huquqini , Mitchell - antropologiya va matematika hisob-kitoblarini ustun qo‘yadi. 2. Kechki institutsionalizm (1 jahon urushidan keyin) J.M.Klarkning «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi» asarlarida, G.A.Berlining «Mulksiz hokimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni haqidagi maqolalarida qayd etilgan. 3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish. Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘liq qaraladi. Ijtimoy hayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling