L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Birinchi davrdagi iqtisodiy g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Birinchi davrdagi iqtisodiy g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi.
1.Ijtimoiy-psixologik (T.Veblen). 2.Ijtimoiy-huquqiy (Jon R.Kommons). 3.Emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell). 59 Institutsional g‘oyalar evolyutsiyasining birinchi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin. Institutsionalizmning vatani AQSH, uning asoschisi Torsten Veblen (1857-1929) hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo‘nalishining dastlabki ko‘rinishlari T.Veblenning «Bekorchilar sinfi nazariyasi» (1899) asarida izohlab berilgan. Bu asarda u kapital egalarini bekorchilar sinfiga kiritadi. Kapital egalarini faqat o‘z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o‘z kapitallarini ishlab chiqarishga ko‘ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbai real sektor emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Ishchilar va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarni unumli sinfga kiritadi. Shuningdek, u mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi, jamiyatda ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya qo‘liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. T.Veblen Yangi jamiyat qurishni va unda texnika-texnologiya ahamiyatini ustun qo‘yadi. 2. Jon Kennet Gelbreyt (1909 yilda tug‘ilgan) o‘zining «Yangi industrial jamiyat» (1967) nomli asosiy asarini iqtisodiyotda «texnostruktura»ning tahlili va roliga bag‘ishlandi. Texnostruktura deganda, J.K.Gelbreyt fikriga ko‘ra, texnologiyalar bo‘yicha olimlarni, konstruktorlarni, mutaxassislarni o‘z ichiga oluvchi jamiyat qatlamlari, boshqaruv, moliya va umuman olganda, yirik korporatsiyalarning normal ishlashini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi. Zamonaviy korporatsiyalarda real iqtisodiy hokimiyat kapital egalari va menedjerlarga emas, balki texnologik bilim egalari – texnostrukturaga tegishli bo‘ladi. Chunki zamonaviy jamiyatda eng noyob resurs – bu axborot, Fan-texnika (yer va kapital emas) hisoblanadi. Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura qo‘lida. Insonning jamiyatdagi o‘rni, mavqei va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan ko‘ra malakasi va bilim darajasiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. U shuningdek mayda va o‘rta tadbirkorlarni, uy-joy quruvchilarni, tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchilarni, qishloq xo‘jaligi va san’atda ish bilan band bo‘lganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashini talab qilib chiqdi. Bu esa ishlab chiqarish va xususiy investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. Davlatning aralashuvi inflyatsiyani to‘xtatish uchun ham zarur. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling