L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi gurux uchun tarqatma material.
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material. Antik dunyo mamlakatlarida
quldorlik klassik shaklda rivoj topdi. Qadimgi Gresiyada ijtimoiy – iqtisodiy xayotni hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspulatatsiya qilishni asosiy shakliga aylangan edi. Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar Gomerning «Iliada» va «Odisseya» poemlarida aks ettirilgan bo‘lib, natural xo‘jalik g‘oyasi ilgari surilgan. Iqtisodiyotni shuningdek, qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy g‘oyalarning yirik vakillari sifatida Ksenofont, Platon, Aristotel va boshqalarni ko‘rsatsa bo‘ladi. Ksenofontning «Ekonomiya» degan asari bo‘lgan («oykos»-uy, xo‘jalik va «nomos» - qonun, qoida) va unda xo‘jalik yuritish haqida o‘z fikr mulohazasini yoritgan. Kesenofont quldorlar mafkurasining ximoyachisi sifatida qulchilikni tabiiy, ob’ektiv jarayon deb hisoblaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo‘jalikni ulug‘laydi. U ayniqsa qishloq xo‘jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbai deb bilgan. Dehqonchilik tufayli kishilar o‘zlariga xayot uchun kerakli hamma narsalarni oladilar. Dalada ishlash sog‘liq uchun ham foydali, ham iqtisodiy naf keltiradi deb yozadi. Platon «Davlat», «Qonunlar» degan kitoblar yozgan va unda ideal davlat qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritadi. Aholini toifalarga bo‘ladi: mexnat taqsimoti, tovar, pul, savdogarlikning ajralib chiqishi haqida yozgan. Aristotel Qadimgi Gresiyadagi qullarning eng yirik mafkurachisi edi. Olimning iqtisodiy g‘oyalari «Siyosati» kitobida mavjuddir. U haqiqiy boylik deb tabiatni tan olgan, uni iste’mol qymati yig‘indisi deb bilgan. Aristotel birinchi marta almashuv qiymatini taxlil qilgan va qiymatni mehnat nazariyasi asosini yaratgan. Beshinchi gurux uchun tarqatma material. Qadimgi Rim (hozirgi Italiya) quldorlik munosabatlarini o‘zida yaqqol ifoda etgan davlat edi. Boshqa yerlarni bosib olishlar hisobiga u yirik imperiyaga aylanda. Bosib olingan yerlarda ko‘plab xalqlar qullikka mahkum qilindi. Rimda quldorlik munosabatlarining keskin tus olishi qullar bilan quldorlar o‘rtasidagi munosabatni keskinlashtirdi. Qullarning moddiy manfaatdorligi juda kam bo‘lganidan mehnat unumdorligi juda past bo‘ldi. Shuning uchun qullarni ma’lum miqdorda yerga berkitish va manfaatdorligini oshirish maqsadida kolonatlik tashkil qilindi. Bu iqtisodiy g‘oyalarda o‘z aksini topdi. Jumladan, Katon Starshiy «Dehqonchilik» asarida qulchilikka asoslangan xo‘jalikdan natural xo‘jalikni afzal deb yozadi. Qulni yoshligida sotib olish kerak, uni tarbiyalash kerak, shunda u quldorga mehrli bo‘ladi deb yozadi. Qulga intizom berilishi, gunohi uchun jazolanishi, ishiga qarab boqish, kiyintirish kerak deydi. Miloddan avvalgi 2 asrda Rimda dehqonlar qo‘lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela boshladi, Erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yersizlandi. Bu holat yirik yer egalari – patritsiylar va dehqon – plebeylar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, ohir-oqibatda aka-uka Tiberiy (m.o. 163- 132y.) va Gay (m.o. 153-121y.) Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo‘ldi. Ular 90 yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Bir davrning o‘zida Rimda bir qancha taniqli olimlar va yozuvchilar o‘z faoliyatlarini namoyon qilingan bo‘lib, ular qatorida atoqli Rim adibi va olim Mark Varron (m.o. 116-27y.) va Rim yozuvchisi Yuniy Kolumella (m. 1asr) xalq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladilar. Mark Varron «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida o‘zining iqtisodiy qarashlarini bayon etdiUchorvachilikni bozor sharoitida eng foydali tarmoq deb hisoblagan. Bunga sabab o‘sha davrda Italiyada don ancha arzon bo‘lib, chorvachilik ancha daromadli soha hisoblangan. U qishloq xo‘jaligining itqtisodiyotdagi o‘rnini yaxshi tushunmagan. Jumladan, Yuniy Kolumella «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida qullar yerni yaxshi ishlatmaganligi sababli, yerdan yuqori hosil olish qiyinlashmoqda degan fikrga keladi. Shuning uchun u qullar mehnatidan ko‘ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab beradi. Hosildorligi past bo‘lgan yerlarni u erkin kolonlarga bo‘lib berishni, mayda tovar ishlab chiqarishga o‘tish zarurligini tavsiya etadi. Mark Sitseron (m.o. 106-43y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. U yuqorida aytilgan olimlardan farqli ravishda yirik savdoni qo‘llab-quvvatlaydi, mayda savdoni esa mensimadi. Sitseronning sudxo‘rlikka bo‘lgan munosabati ziddiyatli bo‘lgan. Bir asarida sudxo‘rlikni ma’qullasa, ikkinchi bir asarida uni qoralaydi. Shu Bilan birga u xususiy mulkchilikni, ekspluatatsiyani kuchaytirishni tarafdori bo‘lgan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda dehqonchilikning ahamiyati katta deb tushungan. Shunday qilib, Rim (hozirgi Italiya)da quldorlik munosabatlari yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi.Osiyoda feodalizm munosabat o‘zgardi. Erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo‘lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo sudxo‘rlik jamiyati qo‘llangan (sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo‘li boshlandi. Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan. Undan tashqari Rimning iqtisodiy g‘oyalari Varron, Kolummela, Sitseron va boshqalarning asarida ham ko‘rsatilgan. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling