Laboratoriya №16. «Frenel zonalarini tadqiq qilish» Ishning maqsadi: Frenel zonalari haqida tushunchaga EGA bo’lish. Nazariy ma’lumot


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana14.08.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1667055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
16-30 Laboratoriya

Hisobot mazmuni 
Talaba ushbu ishning nazariy qismida keltirilgan ma’lumotlarini o‘rganadi 
va taxlil qiladi. Taxliliy xulosalar asosida xisobot tayorlaydi va nazorat savollariga 
javob beradi. 
Laboratoriya №17 
MavzuSimmetrik antennalarni ishlash tamoillarini o‘rganish 
Ishdan maqsad: Simmetrik tuzilishini o‘rganish 
Nazariy qism 


Oddiy antennalarga asosan simmetrik (1.6-rasm) va nosimmetrik 
tebratgichlar (1.7-rasm) diapazonli Nadenenko tebratgichi (1.2-rasm), shuntli
tebratgichlar va Pistolkorsning burchakli antennalarini misol qilish mumkin.
Dastlab, gorizontal antennalarning konstruktiv tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
Oddiyligi tufayli simmetrik tebratgich QT diapazonining asosiy antennalaridan
xisoblanadi. Bu diapazonda gorizontal va vertikal simmetrik tebratgichlar
qo‘llaniladi. Gorizontal tebratgich diametri 4…6 mm bo‘lgan tarang tortilgan 
bronza ѐki bimetall simdan tayѐrlanadi (1.1.a-rasm). Bunday simning to‘lqin 
qarshiligi 1000 Om ga yetadi. Tebratgich ikki machta (ѐg‘ochli ѐki
asbosementli) oralig‘ida tortilgan bo‘lib, uning uchlari izolyator orqali
mahkamlanadi.
Machtalarning o‘zi xam simlar ѐrdamida tortiladi. Ularda toklarning yuzaga 
kelishini oldini olish uchun simlar λ/4 uzunlikdan katta bo‘lmagan bo‘laklar
bilan ulanadi. Machtaning balandligi h=λ/2...λ bo‘lganda, to‘lqinning nurlanish
burchagi Δmax=30...15
⁰ burchaklar oralig‘ida bo‘ladi.
Simmetrik tebratgich tanlangan chastotada ishlash uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, (0,2...0,25)< l/λ <(0,63...0,67) diapazonida ishlaydi. Tebratgichning
elektrik uzunligi 0,63…0,67 dan ortganda uning yo‘nalganlik xossalari 
ѐmonlashadi. Tebratgichning eng kichik elektrik uzunligi liniyadagi yuguruvchi
to‘lqin koeffitsientining (YuTK) o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan eng kichik miqdori 
bilan aniqlanib, u taxminan 0,1…0,15 ga teng. Tebratgichning l/λ elektrik uzunligi
kamaygani sayin undagi aktiv qarshilik xam kamayadi. Reaktiv qarshilik esa 
ortib boradi. Buning natijasida YuTK kamayib boradi. Agar tebratgichning YuTK
si 0,15 dan kamayib ketsa, unda bunday antennaning moslashuvi ob-havo sharoiti 
o‘zgarishi tufayli oson buzilishi mumkin.
Antennalar GT (l/h) kabi belgilanadi. O‘rnatilgan chastotada ishlash paytida 
simmetrik yarimto‘lqinli tebratgichda shuntlash usuli bilan yaxshi moslashishni 
xosil qilish mumkin. To‘lqin qarshiligi WF=600 Om bo‘lgan fider uchun geometrik 
munosabatlar quyidagicha: 2l
1
= 0,12λ, 2l
2
= 0,47λ, l

= 0,15λ.. bunday tebratgich
GShT (l/h kabi belgilanadi va shuntlangan gorizontal tebratgich ma’nosini
anglatadi (1.1.b-rasm). Keng diapazonda uzluksiz ishlatish uchun pasaytirilgan
to‘lqin qarshilikli tebratgichlar (Nadenenko dipoli, 1.2-rasm), diapazonli
shuntlangan tebratgichlar (1.3-rasm) va o‘z-o‘zini to‘ldiruvchi tebratgichlar
qo‘llaniladi. Shuntlangan tebratgichlar simdan ѐki qattiq konstruksiya
ko‘rinishida tayѐrlanishi mumkin. Bunday tebratgichlar ѐrdamida deyarli 4 karrali 
diapazonda (0,16
l/λ 0,65) YuTK>0,3 dan kam bo‘lmagan qiymatga erishish mumkin. Yelkalari 
uchburchak shakliga ega bo‘lgan tebratgichlar ham shu kabi moslashuvga ega.


1.1-rasm. Oddiy simli antennalar
a) gorizontal tebratgich (GT); b) gorizontal shuntlangan tebratgich (GShT) 
QT diapazonida metall plastinalar simlar bilan almashtiriladi.
Natijada antennaning diapazonlik xossalari biroz kamayadi. Yassi tebratgichning
kirish qarshiligini tebratgich yuqorisidagi burchakni o‘zgartirish orqali 
o‘zgartirish mumkin. Yetarlicha keng polosalilik 60...90°
burchak oralig‘ida saqlanadi. Bu antenna qarshiligi WF = 220 Om bo‘lgan
fider ѐrdamida oziqlantirilganda tebratgichning YuTK si 0,5 dan kichik 
bo‘lmaydi. Antennaning YD sini toraytirish uchun sozlangan passiv tebratgichlar 
– reflektor va direktorlar qo‘llaniladi. Ular (0,1...0,3)λ masofada joylashtiriladi.
Turli yo‘nalishlarda joylashgan korrespondentlar bilan aloqa o‘rnatish uchun
antennaning YD sini kengaytirish lozim.
1.2-rasm. Nadenenko dipoli (GDT) 
1.3-rasm. Gorizontal diapazonli shuntlangan tebratgich (GDShT) 


Bunday xollarda Pistolkors tomonidan tavsiya etilgan burchakli antennalar
qo‘llaniladi. Uning gorizontal tekislikdagi diagrammasi aylanali shaklga yaqin.
Burchakli antenna konstruksiyasi bo‘yicha o‘zaro 0°
burchak ostida joylashgan gorizontal tebratgichlardan tashkil topgan. Xar bir
tebratgichning maksimal nurlash yo‘nalishlari bir-biriga perpendikulyar 
joylashganligi uchun gorizontal tekislikda antenna deyarli doirasimon diagrammaga 
ega. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling