8.3-rasm. Laboratoriya qurilmasining struktura sxemasi. ( 1 - generator, 2 -
koaksial kabel, 3 - uzatuvchi antenna, 4 – tadqiq qilinayotgan parabolik antenna, 5
– indikatorli detektor seksiyasi).
Qurilmaning qabul qiluvchi qismi harakatlanuvchi tayanchga o‘rnatilgan
bo‘lib, gorizontal tekislikda (Ye tekisligida) parabolik antennaning yo‘nalganlik
diagrammasini o‘lchash imkonini beradi.
4. LABORATORIYa IShINI BAJARISh TARTIBI
4.4.1. Generatorni yoqib 10-15 daqiqa mobaynida qizdiriladi.
4.4.2. Nurlatgichni fokal o‘qi atrofida unga perpendikulyar ravishda
siljitib, antenna
indikator qurilmasining maksimal ko‘rsatgichiga qarab sozlanadi. Bunda parabolik
ko‘zguning fokusi nurlatgichning faza markazi bilan mos tushishi kerak.
4.4.3. Nurlatgich fokusga o‘rnatilgan holatdagi antenna aylanish burchagi φ va
indikator qurilmasi ko‘rsatgichi α
ni yozgan holda, antennaning yo‘nalganlik
diagrammasini aniqlang.
4.4.4. Nurlatgichning fokal o‘qi( Z o‘qi) atrofida ( o‘qituvchi tomonidan berilgan bir
qancha o‘rnatilgan qiymatlarda) aylantirib, antenna aylanish burchagi φ va indikator
qurilmasi ko‘rsatgichi α ni yozgan holda, antennaning yo‘nalganlik diagrammasini
aniqlang.
4.4.5. Nurlatgichning fokusdan fokal o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda (o‘qituvchi
tomonidan berilgan bir qancha o‘rnatilgan qiymatlarda) siljitib,
antenna aylanish
burchagi φ va indikator qurilmasi ko‘rsatgichi α ni yozgan holda,
antennaning
yo‘nalganlik diagrammasini aniqlang.
4.4.6. O‘lchov natijalarini 8.1. jadval ko‘rinishidagi jadvalga kiriting.
81-jadval
Eksperimental o‘lchov natijalari
φ
0
-15 -14 … -1
0
1
… 14 15 Izoh
α, mkA
Nurlatgich
fokusda
F(φ) = α /αmax
α, mkA
nurlatgich Z
o‘qiga ⊥ …
mm siljiganda
F(φ) = α /αmax
α, mkA
nurlatgich Z
o‘qi atrofida
… mm
siljiganda
F(φ) = α /αmax
4.4.7. To‘g‘ri chiziqli koordinatalar tizimida me’yorlangan yo‘nalganlik
diagrammasi F(φ)ni quring.
Do'stlaringiz bilan baham: