Laboratoriya №16. «Frenel zonalarini tadqiq qilish» Ishning maqsadi: Frenel zonalari haqida tushunchaga EGA bo’lish. Nazariy ma’lumot


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana14.08.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1667055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
16-30 Laboratoriya

15. TEKShIRISh SAVOLLARI 
1. Logoperiodik antennaning konstruksiyasi asosida qaysi prinsip yotadi? 
2. LPA ning ishlash prinsipini tushuntiring. 
3. LPA ning aktiv zonasi deb nimaga aytiladi? 
4. LPA ning yo‘nalganlik xususiyatlari nima orqali aniqlanadi? 
5. LPA ning kirish qarshiligi nima orqali aniqlanadi? 
6. LPA ning ishchi diapazoni nima orqali chegaralanadi? 
7. Nima uchun antenna logoperiodik deb nomlanadi? 
Hisobot mazmuni 
Talaba ushbu ishning nazariy qismida keltirilgan ma’lumotlarini o‘rganadi 
va taxlil qiladi. Taxliliy xulosalar asosida xisobot tayorlaydi va nazorat savollariga 
javob beradi. 
Laboratoriya №21 
PARABOLIK ANTENNANNI TADQIQ QILISh 
1. IShNING MAQSADI 
Nurlatgich 
joylashishining 
parabolasimon 
antenna 
yo‘nalganlik 
diagrammasiga ta’sirini o‘rganish. 
2. QISQAChA NAZARIY MA’LUMOTLAR 
Parabolik antenna nurlatgich va uning sferik to‘lqinini yassi to‘lqinga
aylantirib beruvchi ko‘zgudan tashkil topgan. Ko‘zgu o‘tkir yo‘nalgan nurlanishni 
vujudga keltiradi. 8.1-rasmda parabolik ko‘zguning eskizi keltirilgan bo‘lib, unda 
sferik to‘lqin xosil qiluvchi nuqtaviy manba joylashgan ko‘zguning F fokusidan 
keluvchi nurlar tasvirlangan. 


OF oraliq fokus masofa deyiladi va f0 bilan belgilanadi. Paraboloid shakli 
bilan chegaralangan ko‘zgu qismi (z = z0 shart bajarilganda) ko‘zguning yoyilishi 
deb nomlanadi. CD to‘g‘ri chiziq esa paraboloid yoyilishi tekisligining kesimini 
ifolaydi. 
8.1- rasm. Parabolik antennaning eskizi 
FAB siniq chizig‘i nurlatgichdan chiqayotgan elektromagnit to‘lqinning 
ixtiyoriy nuri yo‘nalishini ko‘rsatadi. Bizga analitik geometriya kursidan ma’lumki, 
bu yo‘nalishning uzunligi parabola sirtidagi nuqtalarning holatiga bog‘liq emas. 
Shuning uchun, ko‘zgudan qaytgan barcha nurlar, yoyilish tekisligidagi va unga 
parallel bo‘lgan tekislikdagi nurlar bir xil fazada bo‘ladi. Shunday qilib, parabolik 
antenna nuqtaviy manbadagi sferik to‘lqini yassi to‘lqinga aylantirib beradi. Real 
nurlatgichlar nuqtaviy bo‘lmaydi. Biroq, nurlatgichning faza markazi parabolaning 
fokusi bilan mos tushsa, parabola fokusida joylashgan nurlatuvchini nuqtaviy manba 
deb hisoblash mumkin. 
Agar nurlatgichning faza markazi fokusga mos ravishda ko‘zgu o‘qiga 
perpendikulyar yo‘nalishda siljisa, u holda ko‘zgu nuqtalarida mos ravishda qaytgan 
nurlar ko‘zguning yoyilish tekisligiga bir vaqtda kelib tushmaydi. Demak, 2-nur 
yoyilish tekisligiga 1-nurga qaraganda, 3-nur esa 2-nurga qaraganda kech borib 
tushadi, ya’ni ko‘zguning yoyilish tekisligi sinfaz bo‘lmay qoladi. 8.2.-b rasmda
ko‘zguning ΔX siljish kattaligining har xil qiymatlarida parabola tekisligiga mos 
ravishda faza taqsimot qonunlari keltirilgan. Ko‘zgu ΔX siljish kattaligining kichik 
qiymatlarida va kerakli darajadagi uzun fokusli ko‘zguda yoyilish tekisligidagi faza 
taqsimoti to‘g‘ri chiziqqa yaqinroq bo‘ladi. Shuning uchun bu holda ko‘zguning 
fokusdan ko‘zgu o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda siljishi 8.1 v rasmda 
ko‘rsatilgan ko‘zgu siljishiga teskari tomonga yo‘nalganlik diagrammasining 
o‘zgarishiga olib keladi. 
Yo‘nalganlik diagrammasining aylanish burchagi υ2 nurlatgich kichik 
siljiganda taxminan υ1 nurlatgichning siljish burchagiga teng bo‘ladi. 


8.2-rasm. Antennaning yo‘nalganlik diagrammasini shakllantirish 
ΔX siljishining oshib borishi antenna tekisligidagi faza og‘ishlariga olib keladi. Faza 
og‘ishlari ruxsat etilgan (45
0
) qiymatdan oshmasligi uchun quyidagi shart bajarilishi 
kerak. 
Δx  0,6 λ/sinΨ0,
(8.1) 
Bu yerda
λ –to‘lqin uzunligi, 
Ψ0 – ko‘zguning yoyilish burchagi. 
Nurlatgichning fokusdan parabola o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda 
siljishidan amaliyotda parabolik antennaning yo‘nalganlik diagrammasini 
boshqarishda keng qo‘llaniladi. Bunda odatda ko‘zgu Z o‘qiga perpendikulyar 
ravishda emas balki fokus masofasiga teng radiusli yoy bo‘yicha o‘zgartiriladi.
Ko‘zguning fokal o‘qi (Z o‘qi) atrofida aylantirilishida ham antenna 
tekisligida maydonning nochiziqli faza buzilishlari (asosan kvadratik) yuzaga 
keladi. Bu parabolik antenna yo‘nalganlik diagrammasining kengayishiga va undagi 
nollarning yo‘qolishiga olib keladi. 
Real 
nurlatgichlarning 
yo‘nalganlik diagrammalarida nurlatgichdan 
tarqalayotgan barcha energiya kuzguga borib tushmaydi. Nurlatgich energiyasining 
bir qismi ko‘zguni chetlab o‘tadi, bu ko‘zguli antenna yo‘nalganlik diagrammasida 
yong yaproqlar sathlarining oshishiga olib keladi. 
Parabolik antennaning yo‘nalganlik koeffitsientini (YK) formula yordamida 
hisoblash mumkin 
(8.2) 
Bu yerda S –yoyilish tekisligining yuzasi;
ν
nat
= νη1 – ko‘zguli antennaning natijaviy yoyilish yuzasidan foydalanish 
koeffitsienti ( KIP). 
ν –tekislikning amplituda taqsimoti bilan aniqlanadigan(agar tekislik sinfaz ravishda 
qo‘zg‘atilsa) ko‘zgu tekisligining yoyilish yuzasidan foydalanish koeffitsienti. 
η
1
= R
Σ
/ R
nur
- ko‘zgu tarqatgan quvvatning nurlatgich tarqatgan quvvatga 
nisbati(ko‘zgudagi yo‘qotishlar bu yerda hisobga olinmaydi). 
2
4


S
v
D
нат
=


Kuchaytirish koeffitsienti (KK) G ni quyidagi formula yordamida aniqlash 
mumkin 
G = η
2
*D,
(8.3) 
Bu yerda
η
2
= R
Σ
/ R
NUR
;
R
NUR
-nurlatgichga tushgan quvvat 
η

koeffitsientini ko‘zguli antennaning FIK deb atash mumkin bo‘lib, unda 
nurlatgichdagi issiqlik energiyasi yo‘qotishlari, nurlatgichning mahkamlash 
elementlaridagi yo‘qotishlar, bo‘yoqlarda, ko‘zgu ichki tekisligi qoplamalaridagi 
yo‘qotishlar hisobga olinadi. 
Agar ko‘zguning berilgan shaklida (R0/ƒ0 = const) nurlatgichning 
yo‘nalganlik diangrammasi kengaytirilsa, u holda ko‘zgudan tarqalayotgan nurlar 
tekis tarqaladi(aperturaviy KIP oshadi), bu esa ν nat va yo‘nalganlik 
koeffitsientining oshishiga olib keladi. Lekin ko‘zgu yaqinidan o‘tuvchi nurlarning 
energiyasi oshadi(η1 kamayadi) bu esa ν nat va yo‘nalganlik koeffitsientining 
kamayishiga olib keladi. 
Kuzgu yo‘nalganlik diagrammasining torayishi bilan amplituda taqsimoti 
notekisligi oshib boradi (ν kamayadi), natijada ν nat va yo‘nalganlik koeffitsienti 
kamayadi, lekin bir vaqtning o‘zida nurlatgich energiyasining ko‘zgu chekklaridan 
quyilishi (toshib chiqishi) kamayadi (η1 oshadi) bu esa ν nat va yo‘nalganlik 
koeffitsientining ortishiga olib keladi. 
Antennaning yo‘nalganlik koeffitsientiga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkita o‘zaro 
qarama qarshi faktorlar R0/ƒ0 o‘zgarmas kattalikda yoki ko‘zguning yoyilish 
burchagi (2Ψ0) va nurlatgichning o‘zgaruvchan yo‘nalganlik diagrammasida hamda 
yo‘nalganlik koeffitsientining maksimal qiymatida nurlatgichning optimal to‘lqin 
tarqatish sharti aniqlanadi. 
Amaliyotda qo‘llaniladigan ko‘p turdagi nurlatgichlar uchun ko‘zguning 
optimal to‘lqin tarqatish sharti, nurlatgichning yo‘nalganlik diagrammasi
ko‘zguning chetki qismlaridagi maydon kuchlanganligining (Yechet) uning 
uchidagi maydon kuchlanganligiga (Ye0) nisbatan 10dB ga kamroq maydon 
kuchlanganligini ta’minlasa, bajariladi.
20lg(Ye
chet
/Ye
0
) = -10 dB yoki Ye
chet
/Ye
0
= 0,316. 
Parabolik antennaning yo‘nalganlik diagrammasi nurlatgichning 
yo‘nalganlik diagrammasi va ko‘zgu shakli (R0 /f0) ga qarab aniqlanadi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling