Laboratoriya №16. «Frenel zonalarini tadqiq qilish» Ishning maqsadi: Frenel zonalari haqida tushunchaga EGA bo’lish. Nazariy ma’lumot


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana14.08.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1667055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
16-30 Laboratoriya

Nazorat savollari 
1. Qanday uzunlikka ega bo‘lgan to‘lqinlar QT deb ataladi?
2. QT antennalarining xossalari.
3. QT oddiy antennalarning turlari.
4. QT antennalarining YD qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?
5. Sinfaz gorizontal antennani hosil qilish usullari.
6. Sinfaz gorizontal antennalarda qo‘llaniladigan reflektorning
qanday turlari mavjud?
7. Sinfaz gorizontal antennaning afzalliklari va kamchiliklari. 
Hisobot mazmuni 
Talaba ushbu ishning nazariy qismida keltirilgan ma’lumotlarini o‘rganadi 
va taxlil qiladi. Taxliliy xulosalar asosida xisobot tayorlaydi va nazorat savollariga 
javob beradi. 
Laboratoriya №19 
Mavzu: Direktorli antennani tadqiq qilish 
IShNING MAQSADI 
Direktorli antennaning yo‘nalganlik diagrammalari va kirish qarshiliklarini tadqiq qilish. 
1. QISQAChA NAZARIY MA’LUMOT 
Direktorli antenna o‘q bo‘yicha nurlovchi chiziqli panjarali antennadan tashkil topadi. Bunday 
panjaralarda vibratorlarning toklar fazasi Ψ

nurlanish yo‘nalishi bo‘yicha orqada qoladi, ya’ni 
Ψ
P
= k*d(c/v), 
Bu yerda k = 2π/λ - to‘lqin soni, 
λ – to‘lqin uzunligi, 
d – vibratorlar orasidagi masofa, 
c/v – sekinlashish koeffitsienti , 
s – yorug‘lik tezligi, 
v – to‘lqinning faza tezligi. 


Agar fazoviy faza siljishi Ψ = kd, c/v = 1 bo‘lganda kuzatiladigan ta’minot manbai bo‘yicha faza 
siljishi Ψ

ga teng bo‘lsa
,
u holda
maydon nurlanish yo‘nalishi bo‘yicha (antenna o‘qi atrofida) sinfaz 
ravishda arifmetik qo‘shiladi Ψ

= Ψ
P
– Ψ = 0

, teskari yo‘nalishda esa kompensatsiyalanadi. Direktorli 
antennada v1) bo‘ladi, ya’ni, nurlanish yo‘nalishi bo‘yicha maydonlarning vektor yig‘indisi 
kuzatiladigan “past suratli to‘lqin” rejimi kuzatiladi (5.1-rasm).
5.1-rasm. c/v>1 bo‘lganda maydonlarning qo‘shilishi 
Antenna aktiv vibratorlar (fider kiritilgan vibratorlar shunday deb nomlanadi) va passiv vibratorlar 
(manba berilmaydigan vibratorlar) qatoridan tashkil topadi. Passiv vibratorlar aktiv vibratorlarning 
elektromagnit maydonlari yordamida qo‘zg‘atiladi. Aktiv vibrator sifatida xalqali yoki shuntli vibratorlar 
qo‘llaniladi. Antenna qurilmasi 5.2-rasm bo‘yicha yig‘iladi. Aktiv vibratorlardan maksimal nurlanish 
(qabul qilish) tomon joylashgan passiv vibratorlar “direktorlar” (lotincha «Direkt» – yo‘naltirish so‘zidan 
olingan) deb nomlanadi. 
5.2-rasm. Direktorli antennaning eskizi 
Aktiv vibratorlardan maksimal nurlanishga qarama qarshi ( qabul qilish) tomon joylashgan passiv 
vibratorlar “reflektor” (lotincha «Reflekt» – akslantirish, qaytarish so‘zidan olingan) deb nomlanadi. 
Odatda faqat bitta reflektor qo‘llaniladi, keyingi vibratorlar zaif qo‘zg‘aladi va antenna to‘lqin tarqatishiga 
ta’sir ko‘rsatmaydi.
Passiv reflektorning tok fazasi aktiv vibrator tok fazasidan oldinroqda bo‘lishi kerak. Bu kirish 
qarshiligi induktiv xarakterga ega bo‘lganda sodir bo‘ladi, ya’ni vibratorning to‘liq uzunligi (2l) uning 
rezonas uznligidan katta bo‘lishi kerak. 


Passiv direktor toki fazasi aktiv vibrator tok fazasidan orqada qolishi kerak. Bu kirish qarshiligi 
sig‘im xarakterga ega bo‘lganda sodir bo‘ladi, ya’ni vibratorning to‘liq uzunligi (2l) uning rezonas 
uznligidan kichik bo‘lishi kerak. 
Direktorli antennalarning yo‘naltirish xususiyati passiv vibratorlarni sozlash va ularning o‘zaro 
taqsimlanishi orqali aniqlanadi. 5.3-rasmda ko‘rsatilganidek simmetrik vibratorning kirish qarshiligi 
ularning nisbiy yelka uzunligi (l/λ) o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Barcha passiv vibratorlarning ularning 
uzunligini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi. Vibratorlarning uzunligi va ular orasidagi masofa shunday 
tanlanadiki, reflektordan boshlab har bir keyingi vibratorgacha oldingi vibrator toki fazasidan Ψ
P
kattalikka 
orqada qolishi kerak. 
Bunda direktorlar taqsimlanish yo‘nalishida barcha vibratorlardan nurlangan to‘lqin maydonlari 
qo‘shiladi, teskari yo‘nalishdagi esa kompensatsiyalanadi. Shunday qilib, direktorli antenna deyarli bir 
yo‘nalishdagi yo‘nalganlik diagrammasini shakllantiradi. 
Direktorli antennalarda reflektorning uzunligi (0,51…0,53)λ ga teng qilib tanlanadi, reflektor va aktiv 
vibrator orasidagi masofa esa –(0,15…0,25)λ ga teng qilib tanlanadi. Direktorlar uzunligi (0,41…0,45)λ 
ga, aktiv vibrator va unga yaqin joylashgan direktor, shuningdek, har bir direktorlar orasidagi masofa – 
(0,1…0,34)λga teng qilib tanlanadi. 
5.3-rasm. Kirish qarshiligi aktiv va reaktiv tashkil etuvchilarining l/λ 
kattaligiga bog‘liqlik grafigi 
N tekisligidagi ikkita vibratolar tizimining elektromagnit maydonlarini qo‘shishga tushuntirishlar 
ILOVAda keltirilgan. 
Agar aktiv vibrator sifatida yarim to‘lqinli vibrator ishlatilsa u holda kiritilgan qarshilik hisobiga 
kirish qarshiligi 20…30 Om gacha kamayadi, bu koaksial kabel bilan moslashuvchanlik muammosini 
keltirib chiqaradi. Shuning uchun asosan, aktiv vibrator sifatida 290…300 Om qarshilikli va «0» potensiali 
yeuqtasiga ega bo‘lgan xalqali vibrator ishlatiladi (5.4-rasm). 
Koaksial fider nosimmetrik fider bo‘lganligi sababli, aktiv vibratorga ulash uchun simmetriyalovchi, 
shuningdek, qarshilik transformatori hisoblangan qurilma ishlatiladi. Bu xususiyatlarni «U – koleno» 


turidagi transformatsiya koeffitsienti 4 ga teng bo‘lgan simmetriyalovchi qurilma qanoatlantiradi (5.4.b-
rasm). Natijada xalqali vibrator 75 Om to‘lqin qarshiligiga ega bo‘lgan koaksial fider bilan yaxshi 
moslashadi. 
«U – koleno» uzunligi λ
K
/2 ga teng qilib tanlanadi, bu yerda λ
K



/
-koaksial fiderdagi to‘lqin 
uzunligi, ε – markaziy sim va xalqa orasidagi materialning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi. (past bosimli 
polietilen uchun 
51
,
1
=

). 
5.4-rasm. Simmetriyalovchi qurilmaga (a) ega bo‘lgan sirtmoqli vibratorning (b) eskizi 
3. LABORATORIYa QURILMASINING TAVSIFI 
Qurilma direktorli antennaning yo‘nalganlik xususiyatlarini, shuningdek, uning kirish qarshiligini 
aniqlash imkonini beradi. 2.5-rasmda direktorli antennaning yo‘nalganlik xususiyatini tadqiqlovchi 
qurilmaning struktura sxemasi keltirilgan. 
5.5-rasm. Direktorli antennaning yo‘nalganlik xususiyatini tadqiqlovchi 
qurilmaning struktura sxemasi ( 1 – generator, 2 – koaksial kabel, 3 – uzatuvchi 
antenna, 4 – qabul qiluvchi direktorli antenna, 5 – rezonans to‘lqin o‘lchagichning 
indikator qurilmali) 
5.6-rasmda kirish qarshiligini aniqlash qurilmasining struktura sxemasi keltirilgan. 


5.6-rasm. Kirish qarshiligini aniqlash qurilmasining struktura sxemasi 
( 1 – generator, 2 – koaksial kabel, 3 – uzatuvchi antenna, 4 – qabul qiluvchi direktorli antenna, 5 – 
indikator qurilmali ). 
5.4. LABORATORIYa IShINI BAJARISh UChUN TOPShIRIQ 
2.4.1. Bitta simmetrik vibratorning yo‘nalganlik diagrammasini aniqlang. 
2.4.2. Aktiv vibrator va passiv reflektordan tashkil topgan ikki elementli direktorli antennani yig‘ing va 
sozlang. 
2.4.3. Ikki elementli antennaning yo‘nalganlik diagrammasini aniqlang. 
2.4.4. Aktiv vibrator , passiv reflektor va passiv direktordan tashkil topgan uch elementli direktorli 
antennani yig‘ing va sozlang. 
2.4.5. Uch elementli antennaning yo‘nalganlik diagrammasini aniqlang. 
2.4.6. Uch elementli direktorli antennaning kirish qarshiligini aniqlang. 
5. LABORATORIYa IShINING BAJARISh TARTIBI 
2.5.1. Yo‘nalganlik diagrammasini aniqlash qurilmasini yig‘ing. (2.5-rasmga qarang). 
2.5.2.Generatorni yoqib 10-15 daqiqa mobaynida qizdiring. 
2.5.3. Generator chastotasini o‘qituvchi berilgan qiymatga o‘rnating. 
2.5.4. Rezonans to‘lqin o‘lchagichni to‘lqin o‘lchagich indikator qurilmasining maksimal ko‘rsatkichi 
bo‘yicha sozlang. 
2.5.5. Xalqali vibrator o‘rnatilgan harakatlanuvchi shtangani 10

qadam bilan aylantirib, burchak φ va to‘lqin 
o‘lchagich indikator qurilmasi ko‘rsatgichi α ni yozib vibratorning yo‘nalganlik diagrammasini aniqlang. 
2.5.6. Reflektorni o‘rnating va uni antenna o‘qi atrofida reflektor tomonidan minimal qabul qilish 
kuzatiladigan holatgacha aylantirib, sozlang (to‘lqin o‘lchagich qurilmasi ko‘rsatkichining minimal 
og‘ishi). 
2.5.7. Xalqali vibrator va reflektor o‘rnatilgan harakatlanuvchi shtangani antenna o‘qi atrofida reflektor 
tomonidan minimal qabul qilish kuzatiladigan holatgacha aylantirib, burchak φ va to‘lqin o‘lchagich 
indikator qurilmasi ko‘rsatgichi α ni yozib, ularning yo‘nalganlik diagrammasini aniqlang. 
2.5.8. Direktorni o‘rnating va uni antenna o‘qi atrofida direktor tomonidan minimal qabul qilish 
kuzatiladigan holatgacha aylantirib, sozlang ( to‘lqin o‘lchagich qurilmasi ko‘rsatgichining maksimal 
og‘ishi.). 
2.5.9. Xalqali vibrator, reflektor va direktor o‘rnatilgan harakatlanuvchi shtangani aylantirib, burchak φ va 
to‘lqin o‘lchagich indikator qurilmasi ko‘rsatgichi α ni yozib, ularning yo‘nalganlik diagrammasini aniqlang. 


2.5.10. O‘lchov natijalarini 2.1-jadvalga kiriting. 
5.1-jadval 
... holati uchun yo‘nalganlik diagrammasini aniqlash natijalari 
φ


10 
20 
30 
40 
… 
350 
α 
F(φ) = α/α
max
2.5.12. Agar o‘qituvchi tomonidan antennaning kirish qarshiligi qiymati berilgan bo‘lsa, generatorni 
o‘chirib 3.2. rasmda keltirilgan qurilmaning
struktura sxemani yig‘ing. Generatorni yoqib 10-15 daqiqa mobaynida qizdiring. 
2.5.13. Indikator qurilmasi ko‘rsatgichining maksimal og‘ishi bo‘yicha o‘lchash liniyasini generator 
chastotasiga sozlang. 
2.5.14. O‘lchash liniyasi golovkasini siljitib indikator qurilmasining maksimal α
max 
va minimal α
min 
ko‘rsatgichi, shuningdek, z

amplituda taqsimoti minimum koordinatasini aniqlang. 
2.5.15. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling