Laboratoriya ishi № Mavzu: Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish. Ishning maqsadi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana18.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1785773
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI

Nazorat savollari 
1. T-trigerlar haqida tushuncha bering 
2. D -trigerning ishlash prinsipini tushuntirib bering 
3. RS -Trigger prinsipial sxemasi keltiring 
4. JK-trigerning avfzallik va kamchiliklari nimadan iborat?
Hisobot mazmuni 
Talabalar yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlarni o’qib o’rganib 
qisqacha xulosa va nazorat savollariga yozma ravishda javoblar yozib hisobot 
tayyorlaydilar. 
 
LABORATORIYA ISHI № 3 
 
Mavzu: Arifmetik-mantiqiy qurilmalarni tadqiq etish. 
Ishdan maqsad: Arifmetik-mantiqiy qurilmalar haqida tushunchalarga ega bo’lish. 
Nazariy qism. 
Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan qurilma arifmetik-mantiqiy 
qurilma (AMQ) deb ataladi. 
Sodda amallar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalangan masalalarni avtomatik 
ravishda echish uchun, berilganlarni, oraliq va olingan hisoblash natijalarini 
saqlashga, hamda oddiy amallarni bajarish tartibi haqidagi mahlumotlarni saqlashga 
imkon beruvchi qurilma talab etiladi. Bunday qurilma xotira deb ataladi. 


Barcha turdagi AMQlar uchun ayiruv, mantiqiy ko‘paytiruv, mantiqiy 
qo‘shuv, istisnoli YOKI, inversiya, o‘ngga siljish, chapga siljish, musbat orttirma 
(inkriment), manfiy orttirma (dekrement) arifmetik amallarini bajarish majburiy 
hisoblanadi. Majburiy amallar apparat vositalari yordamida amalga oshiriladi, 
yaxni talab etilgan ishni bajarish uchun mahlumotlar mahlum mikrosxemalardan 
o‘tishi kerak. Majburiy amallar sodda amallar deb ataladi. AMQlar arifmetik 
ko‘paytiruv va bo‘luv kabi nisbatan murakkab amallarni bajarmaydi. SHuning 
uchun bu amallar sodda amalllarning dasturiy kombinatsiyasi yordamida bajariladi. 
Bu usul amallarni bajarishning mikrodasturiy usuli deb ataladi. AMQlar EHMning 
asosiy tugunlaridan hisoblanadi. 
AMQlar 2-,4-,8-,16-razryadli amallarni bajaruvchi alohida mikrosxemalar 
yoki KISlar tarkibida ishlab chiqariladi. 
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan AMQ mikrosxemalari iqkita o‘zgaruvchi 
ustidan 16 ta mantiqiy va ularga mos keluvchi 16 ta arifmetik amallarni bajaruvchi 
to‘liq majmuadan tashkil topgan. AQM ko‘p turli amallarni bajarishga 
mo‘ljallangani bilan, ko‘proq arifmetik qo‘shuv va ayiruv (45% gacha) va arifmetik 
ko‘paytiruv (50% gacha) amallarini bajaradi. 
Eng ko‘p qo‘llaniladigan 8 yoki 4 ta mantiqiy amallar: konhyunksiya, 
dizhyunksiya, inversiya, istisnoli YOKI va x.z., va ularga mos keluvchi arifmetik 
amallarni bajaruvchi AMQlar ham ishlab chiqariladi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling