Laboratoriya ishi № Mavzu: Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish. Ishning maqsadi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana18.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1785773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI

Nazariy qism 
Barcha qurilmalar asosi raqamli mantiq kombinatsion sxemalar asosida 
tuziladi. Ularda chiqishdagi signal kirishning joriy(hozirgi) holati bilan aniqlanadi. 
Bu sxemalarda “xotira” mavjud emas. Agar kombinatsion sxemalarga xotira 
kiritilsa, u holda ular yordamida hisoblagichlar, arifmetik registrlar va boshqa “aqlli” 
sxemalarni hosil qilish mumkin. Bunda ular bir funksiyani bajarib bo`lgach, 
keyingisiga o`tadi. Bunday sxemalarning asosiy tuguni bo`lib trigger hissoblanadi. 


Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma triggerli qurilma yokiraqamli avtomat deb 
ataladi. Raqamli avtomat umumiy holda N ta triggerdan tuzilgan bo`ladi. Raqamli 
avtomat holati N razryadli ikkilik so`zdan iborat bo`lib, uning har bir razryadi mos 
triggerning chiqish signali holati bilan belgilanadi. Demak, raqamli avtomat holatini 
2

kodli to`lam ifodalaydi. 
Triggerlar – ikkita turg`un holatli chiqishga ega bo`lgan qurilma bo`lib, u 
elementar xotira yacheykasi va boshqaruv sxemasiga ega. Boshqaruv sxemasi 
bevosita elementar hotira yacheykasi kirishiga kelib tushayotgan ma’lumotni 
signallar kombinatsiyasiga o`zgartiradi. 
Triggerning ikkita turg`un holatlari: Q=1 va Q=0 deb belgilanadi. Triggerning 
qaysi holatda bo`lishi trigger kirishlaridagi signal holatiga va oldingi holati bilan 
aniqlanadi, ya’ni trigger xotiraga ega. Boshqacha aytganda, trigger elementar xotira 
yacheykasi hissoblanadi. 
Trigger turi uning ish algoritmi bilan aniqlanadi. Ish algoritmiga ko`ra 
triggerlar o`rnatuvchi, axborot va boshqaruv kirishlariga ega bo`lishi mumkin. 
O`rnatuvchi kirishlar boshqa kirishlar holatlari qanday bo`lishidan qat’iy nazar 
trigger holatini o`rnatadi. Boshqaruv kirishlari, xususan axborot kirishlariga 
berilayotgan ma’lumotlarni yozishga ruxsat beradi. Eng keng qo`llaniladigan 
triggerlar bo`lib RS, JK, D va T triggerlar hisoblanadi. Bu triggerlarning shartli 
belgilanishi 1-rasmda keltirilgan. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling