Hisobot ma’zmuni.
Talabalar berilgan funksiyaning elektron sxemasini HAM-EMAS (1-16 variantgacha) va YOKI – EMAS (17-32 variantgacha) mantiqiy elementlari yordamida yasashi va rostlik jadvalini tuzishi kerak (laboratoriya ishlari daftarida).
LABORATORIYA ISHI № 3.
Mavzu: To’liq aniqlangan Bul funksiyalari. Karno kartalar yordamida mantiqiy funksiyalarni minimallashtirish.
Ishning maqsadi: Mantiqiy amallar asoslari, Bul algebrasi formulalari va kombinatsion sxemalarni o’ganish.
Nazariy qism.
Matematik mantiqning asosiy qismlaridan biri - mantiq algebrasi hisoblash mashinalarining asosi hisoblanadi. Mantiq algebrasi fikrlar bilan ish ko’radi. Fikr deganda haqiqiy yoki yolg’onligi nuqtai nazaridan bildirilgan har qanday tasdiq tushuniladi. Fikrning haqiqiyligi yoki yolg’onligidan boshqa alomatlari (yaxshi, yomon, nodir va h.k) ehtiborga olinmaydi.
Mantiq algebrasida fikrlarning haqiqiyligi 1 bilan, yolg’onligi 0 bilan tenglashtirish qabul qilingan. Fikrlarning bu ikkili tabiatiga mosligini hisobga olib, ularni mantiqiy o’zgaruvchilar deb atashadi. Fikrlar yoki mantiqiy o’zgaruvchilar oddiy bo’ladi va lotin alifbosining kichik harflari - x, y, z, x1, x2, a, b, . . . bilan belgilanadi.
Oddiy fikrlardan mantiqiy o’zgaruvchilarning ikkili funktsiyalari hisoblanuvchi murakkab fikrlar tuziladi. Murakkab fikrlar katta harflar A, B, C, D, E, F, ... bilan belgilanadi va ko’pincha mantiq algebrasining funktsiyasi (MAF) deb ataladi.
Mantiq algebrasi elementar mantiqiy funktsiyalar yordamida mantiq algebrasi funktsiyalarini ifodalash va o’zgartirish bilan shug’ullanadi. MAF larini ifodalash va o’zgartirish masalalari hisoblash mashinalarini loyihalashda keng qo’llaniladi.
Elementar mantiqiy funktsiyalar qatoriga avvalo bitta o’zgaruvchi x ning elementar funktsiyalarini kiritish mumkin. Bu funktsiyalar haqiqiylik jadvali deb ataluvchi jadvalda keltirilgan (3.1-jadval). Umuman, haqiqiylik jadvali argumentlarning (mantiqiy o’zgaruvchilarning) mumkin bo’lgan to’plamlaridan har biriga mos funktsiya qiymatini akslantiradi.
3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |