Kvayn-Mak-Klaski usuli. Ushbu usul taqqoslanuvchi kon’yunktsiyalar juftlari sonini aytarlicha kamaytirish imkonini beradi. Buning uchun barcha elementar kon’yunktsiyalar taqqoslashdan avval guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga inkorsiz o`zgaruvchilarning soni bir xil bo`lgan kon’yunktsiyalar kiritiladi: i-guruhga (i=0,1, ..., n) inkorsiz i ta o`zgaruvchiga ega bo`lgan kon’yunktsiyalar kiritiladi. Masalan, n=4 da birinchi guruhga (i=1)
,
ko`rinishdagi kon’yunktsiyalar, ikkinchi guruhga (i=2)
ko`rinishdagi kon’yunktsiyalar kiritiladi va h. Juftliklarni taqqoslash faqat tartib raqami bo`yicha qo`shni bo`lgan guruhlar orasida amalga oshirilishi mumkin, chunki birikuvchi kon’yunktsiyalar faqat qo`shni guruhlarda bo`lishi mumkin. Minimallashtirishning Mak-Klaski usulining qolgan muolajalari minimallashtirishning Kvayn usulidagidek amalga oshiriladi.
Nazorat savollari:
Funktsiyalarni minimallashtirishda asosiy maqsad nimadan iborat?
Mantiq algebrasi funksiyalarini qanday minimallashtiriladi?
Kvayn-Mak-Klaski usuli.
Hisobot mazmuni
F(x)={1,2,3,6,7,8} funksiyani Kvayn usulida minimizatsiya qiling va nasorat savollariga javob yozing
Jadval yordamida Kvayn usulini qo`llagan holda funksiyaning ko`rinishi hosil qilamiz. Chin qiymatga ega satrlarni inobatga olamiz, qolganlari esa o`z nomi bilan yolg`on qiymatli.
Chin qiymat bo`lsa, o`zi agar yolg`on qiymatga ega bo`lsa, inkori olinadi. Ya’ni rostda A,B,C yoki D olinadi, yolg`on bo`lsa, uning inkori olinadi.
LABORATORIYA ISHI № 5
Mavzu: Triggerlar turlari va ularning sxemasi. RS triggerini tadqiq etish
Ishning maqsadi: RS trigger va ularning qo`llanilishini o`rganish.Trigger va uning mantiqiy sxemasi haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |