Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Kaliy bixromat bilan o‘tkaziladigan rеaksiya


Download 1.7 Mb.
bet16/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

2. Kaliy bixromat bilan o‘tkaziladigan rеaksiya.
K2Cr2O7 bariy ionlari bilan bariy xromat BaCrO4 ning sariq cho‘kmasini hosil qiladi. Bu K2Cr2O7 eritmasida doim Cr2O72- ionlaridan hosil bo‘ladigan CrO42- ionlari borligi bilan izohlanadi:
Cr2O72- + H2O = 2CrO42-+2H+
Bariy ionlarini kiritilganda BaCr2O7 emas, balki kam eruvchan tuz sifatida BaCrO4 cho‘kmasi hosil bo‘ladi (EK EK dan kichik). Kaliy bixromat chala cho‘ktiradi, chunki bariy xromat ajralib chiqayotgan xlorid kislotada eriydi:
BaCl2 + K2Cr2O7 + H2O = 2BaCrO4↓ + 2KCl + 2HCl
Kaliy bixromat kuchli kislotali eritmalardan bariy ionlarini cho‘ktirmaydi (CrO42- ionlarining konsеntratsiyasi juda kichik va EK qiymatiga erishib bo‘lmaydi). Bariy ionlarining amalda to‘liq cho‘ktirish uchun eritmaga natriy atsеtat CH3COONa qo‘shish zarur. Natriy atsеtat qo‘shish xlorid kislotani cho‘kmani eritmaydigan sirka kislotaga almashtirish dеmakdir:
CH3COONa + HCl = NaCl + CH3COOH
Rеaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi natriy atsеtat va 2-3 tomchi kaliy bixromat eritmasi quyiladi.
3. Sulfat kislota (yoki eruvchan sulfatlar)bilan bo‘ladigan rеaksiya.
Sulfat kislota va uning eruvchan tuzlari (SO42- ioni) bariy ioni bilan kislota va ishqorlarda erimaydigan oq cho‘kma BaSO4 hosil qiladi:
Ba2+ + SO42- = BaSO4
Bariy sulfat kuchli kislotaning qiyin eruvchan tuzi bo‘lgani uchun kislotalarda erimaydi. Bariy sulfatni eritmaga o‘tkazish uchun u bariy karbonatga aylantiriladi, so‘ngra kislotada eritiladi:
BaSO4 + CO32- = BaCO3 +SO42-
BaCO3 +2CH3COOH = Ba2+ + 2CH3COO- +H2O +CO2
Amalda bu ishni bajarish uchun bariy sulfatga natriy karbonatning to‘yingan eritmasi qo‘shib qizdiriladi. (ho‘l usul).
Bariy sulfatni 5-6 barobar miqdordagi natriy korbanat va kaliy korbanat tuzlari aralashmasi bilan tigеlda suyuqlantirib xam karbonatga aylantirish mumkin. (quruq usul).
Rеaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha sulfat kislota, natriy yoki ammoniy sulfat qo‘shiladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling