Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Moyli urug‘larni analiz qilish


Download 0.78 Mb.
bet1/3
Sana30.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1309293
  1   2   3
Bog'liq
1-LABORATORIYA ISHI


LABORATORIYA ISHI № 1
Mavzu: Moyli urug‘larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari)
Kunga boqar urugʻining namligini aniqlash
Ishning maqsadi: doimiy ogʻirlikgacha quritish usulida moyli urugʻlar namligini, turli geometrik oʻlchamlarga ega boʻlgan moyli urugʻlarni tabiiy va absolyut ogʻirligini aniqlash.
Kerakli reaktiv va asboblar: quritish shkafi, analitik tarozi, eksikator, qopqoqli byukslar, elektron tegirmon turli moyli urugʻlar (kungaboqar, chigiti, bugdoy) namunalari.
Ishning nazariy asoslari
Urugʻlarning namligi - urugʻlarni saqlashda va qayta ishlashda asosiy koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Urugʻlarning namligi ularning nafas olish intensivligi, mogʻor va zararkunandalarning rivojlanishi, saqlanish muddati, oʻz oʻzidan qizishi, unishi va boshqa bir qator biokimyoviy jarayonlar bilan bogʻliq boʻladi.
Urugʻlarda namlik turli xil koʻrinishdagi (kimyoviy osmotik, adsorbsion yoki kapillyar) bogʻlar bilan bogʻlangan. Ularning orasida muvozanat holat mavjud. Urugʻlar massasidagi fermentativ jarayonlar erkin suvning paydo boʻlishi bilan kuchayadi va urugʻlardagi zahira moddalarning shu jumladan moyning yoʻqotilishi boshlanadi. Gidrolitik va oksidlanish jarayonlar tufayli urugʻlarning sifati yomonlashadi. Urugʻlarning namligi kritik namlikdan oshib ketsa, yuqoridagi jarayonlar tezlashadi. Kritik namlik (% da) quyidagicha aniqlanadi.
Wkr = 14,5 • (100-M)/100
bu erda, M – absolyut quruq moddaga nisbatan urugʻning moyliligi, %.
Tekshirilayotgan mahsulotdagi namlik miqdori bevosita yoki bilvosita usullar yordamida aniqlanishi mumkin.
Qoʻshimcha malumotlar
Moyli ekinlar — urugʻi va mevasidan moy olish uchun ekiladigan ekinlar guruhi. Gulxayridoshlar (gʻoʻza), murakkabguldoshlar (kungaboqar, maxsar), labguldoshlar (perilla, lallemansiya), butguldoshlar (raps, xantal), dukkakdoshlar (soya, yer yongʻoq) va boshqa turli botanik guruhlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklarni oʻz ichiga oladi. Bulardan baʼzilari qotuvchi moy beradigan daraxtlar (kokos palmasi va moyli palma, kakao, tunga), boshqalari suyuq moy beradigan oʻtsimon oʻsimliklar (soya, kungaboqar, zigʻir) hisoblanadi. Moyli ekinlar urugʻi, mevalarida, ayrimlari (chufa) tuganaklarida moy toʻplaydi. Moyli ekinlarning urugʻi va mevasida toʻplanadigan moy miqdori (mutlaq quruq moddaga nisbatan % hisobida): kanopda 18—20, chigitda 17—29, soyada 13—37, kungaboqarda 29—57, yer yongʻoqda 41—57, rapsda 48—50, koʻknorda 46— 56, moyli zigʻirda 35—52, kanakunjutda 48—55, kunjutda 50—65. Moyli ekinlar moylari suyuq, yarim suyuq va qotuvchi boʻlib, presslab yoki ekstraksiyalab olinadi. Oʻsimlik moylari bevosita oziq-ovqat maqsadlarida, konservalar tayyorlashda, konditer mahsulotlari, margarin olishda, lok-boʻyoq, sovun pishirish, toʻqimachilik, atir-upa sanoatlari, tibbiyotda, shuningdek, moylash materiali sifatida ishlatiladi. Yogʻmoy ishlab chiqarish chiqindilaridan kunjara va shrot chorva mollari uchun konsentrat ozuqa hisoblanadi.
Moyli ekinlarning kelib chiqishi turlicha. Yovvoyi kungaboqarning vatani — Shimoliy Amerika. Kanakunjut va kunjut esa Afrikadan, raps va koʻknor Oʻrta dengiz atroflaridan tarqalgan, yer yongʻoqning vatani — Janubiy Amerika; gʻoʻza Hindiston, Xitoy, Perudan tarqalgan. Jahon dehqonchiligida soya, yer yongʻoq, kungaboqar, zaytun, raps, kunjut, kanakunjut, moyli zigʻir katta ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston florasida yovvoyi moyli ekinlar ning 500 turi aniqlangan. Oʻzbekistonda yogʻmoi sanoatining asosiy xomashyo bazasini bir yillik moyli ekinlardan gʻoʻza tashkil etadi. Shuningdek, zigʻir, soya, raps, kunjut, maxsar va boshqalarning urugʻlari ham qayta ishlanadi

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling