Лаборатория иши №1
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumotlar
Savol va masalalar
1.Flotoreagent nima? Ular qanday klassifikatsiyalanadi? 2.Flotatsiyalashda nima maqsadda eritmadan havo o‘tkaziladi? 3.Sulfid rudalari, metall oksidlari, ruda bo‘lmagan qazilmalarni flotatsiyalashda qanday flotoreagentlar ishlatiladi? 4.Tarkibida 1,5% miss bo‘lgan 10 t mis sulfidli rudani boyitilib, undan tarkibida 30% mis bulgan 400 kg konsentrat olindi. Konsentrat unumi, misning ajralish darajasi va konsentratsiya darajasini aniqlang. 5.Tarkibida 3% rux bulgan 5 t rudani flotatsiyalib, tarkibida 22% rux bulgan 340 kg konsentrat olindi, Konsentrat unumi, ruxning ajralish darajasi va konsentratsiya darajasini aniqlang. Laboratoriya ishi №12. METALL VA NOMETALLARNING KORROZIYAGA CHIDAMLIGINI O‘RGANISH Ishdan maqsad: Kimyo sanoatida turli kislotalar ishlab chiqarishdagi jarayonlar boradigan uskunalar futerovkasinining korroziyaga chidamlilik xususiyatlarini urganish. Nazariy ma’lumotlar Sanoatning kup tarmoqlarida, birinchi navbatda kimyo sanoatida dastlabki xom ashyo va xosil bulayotgan maxsulotlar, ayniqsa yuqori xarorat va bosimda, metallarni yemira boshlaydi. Sanoatni bu tarmoklarida asosan nometall konstruksiyalar va nometall ximoya qoplamalari qullanilishini talab qiladi. Masalan, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda deyarli barcha asosiy apparatlar va qurilmalar tog‘ jinslari, silikat plitkalar, kislotalarga chidamli g‘isht yoki betondan tayorlanadi. Tuz, sirka, nitrat, chumoli va boshqa kislotalar ishlab chiqarishda kislotaga chidamli maxsulotlar, ya’ni keramika, beton, platstmassa, rezina va boshqa 34 materiallar qullaniladi. Sellyuloza-qogoz sanoatida pishirish qozonlarini futerovkasi uchun keramik plitkalar, asbovinil plastmassa va boshkalar ishlatiladi. Nometall materiallardan elektroliz va galvanoplastika uchun vannalar, diafragmalar, filtrlar, distillyatsiya va sublimatsiya uchun qurilmalar yasaladi. Silikat materiallardan metallurgiya, koks, shisha eritish va shu kabi jarayonlarda keng foydalaniladi. Nometall, kimyoviy chidamli materiallar ikki guruhga bulinadi: noorganik va organik materiallar. Agressiv gaz va eritma, erigan metall, xamda yukori haroratdagi, shlaklar bilan ishlaydigan kimyoviy jarayonlarga bog‘liq uskunalar, ularning ta’siriga chidaydigan noorganik materiallar bilan futerovka qilinadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling