16. Matnga grafik tasvirlar va rasmlar qo‘yish.
Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichi kerakli joyga o‘rnatiladi va “Вставка” menyusiga
kirib, undan “Рисунок” bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan ichki menyudan kerakli kategoriyalardan
biri tanlanadi (15-rasm).
15-rasm. Matnga skaner orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tasvir qabul qilish.
17. Matnni sahifalarga bo‘lish (nomerlash).
Agar yozilgan matn bir
necha sahifani tashkil etsa, u
holda uni sahifalarga ajratish,
boshqacha aytganda sahifalarining nomerini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Buni komputerning o‘zi
avtomatik tarzda bajaradi, bunda dastlab sizdan quyidagi amallarni bajarishingiz va boshlang‘ich
ma’lumotlarni kiritishingiz talab qilinadi: “Вставка” menyusidagi “Номера страниц”ga kirasiz.
Hosil bo‘lgan muloqot oynachasi orqali kerakli parametrlarni o‘rnatishingiz mumkin (16-rasm).
Ba’zi qo‘shimcha parametrlarni esa “Формат”ga kirib topasiz va o‘rnatasiz.
16-rasm. Matnning sahifa nomerini o‘rnatish.
18. Tayyorlangan ma’lumotni ekranda cirtdan (taxminan) ko‘rish.
Buni 1-usul: “Файл” menyusidagi “Предварительный просмотр” buyrug‘i bilan; 2-usul:
vositalar
panelidagi
belgi orqali; 3-usul: klaviaturada [Ctrl]+[F2]
tugmalar birikmasidan
foydalanib amalga oshirish mumkin.
19. Word dasturidan chiqmay turib yangi hujjat oynasini hosil qilish.
1-usul: “Файл” menyusidagi “Создать” buyrug‘i bilan; 2-usul:
vositalar panelidagi
belgi orqali; 3-usul: klaviaturadagi [Ctrl]+[N] tugmalar birikmasidan foydalanib amalga
oshirish
mumkin.
20. Tayyorlangan hujjatni printer qurilmasi orqali chop etish.
1-usul: “Файл” menyusidagi “Печать” buyrug‘i bilan; 2-usul: vositalar panelidagi
belgi orqali; 3-usul: klaviaturadagi [Ctrl]+[P] (bu
yerda P
lotin harfi) tugmalar birikmasidan
foydalanib amalga oshirish mumkin. (Bunda printer ulangan va yoqilgan bo‘lishi shart!).
21. Hujjat oynasini yopish.
“Файл” menyusining
“Закрыть” buyrug‘i orqali bajariladi.
22. Dastur oynasini yopish yoki Word dasturidan chiqish.
1-usul: “Файл” menyusidagi “Выход” buyrug‘i bilan; 2-usul: dastur oynasining sarlavha
satridagi
belgi orqali; 3-usul: klaviaturadagi [Ctrl]+[F4] yoki [Alt]+[F4]
klavishlar
birikmasining bittasidan foydalanib amalga oshirish mumkin.