Laboratoriya ishi №3. Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari ishning maqsadi
Download 418.15 Kb. Pdf ko'rish
|
3 laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning qo‘yilishi.
- Topshiriqlar 1. Wordga kirish.
LABORATORIYA ISHI №3. MAVZU: ZAMONAVIY MATN MUHARRIRLARI Ishning maqsadi. Talabalarga Word matn muharririda matnli hujjatlar tayyorlash bo‘yicha amaliy bilimlar berish. Masalaning qo‘yilishi. Word matn muharririning menyusi vositalar paneli elementlaridan foydalanib, turli shakldagi matnli ma’lumotlarni tayyorlash. Qisqacha nazariy ma’lumotlar. MS Word bu matnli hujjatlarni tayyorlash, tahrir qilish va chop etishga mo‘ljallangan Microsoft Office dasturlari guruhiga kiruvchi zamonaviy matn muharrirlaridan biridir.. Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydigan bu amaliy dastur yordamida ixtiyoriy ko‘rinishdagi matnli hujjatni juda tez va sifatli tayyorlash mumkin. U yozuv shriftlarining boyligi, yozilgan jumlalarning orfografik, semantik xatolarini avtomatik tarzda tuzata olishi, matnlarni istalgan ko‘rinishda va o‘lchamda formatlay olishi, matematik ifoda va kimyoviy formulalarni yozishda qulaylik yaratishi bilan boshqa matn muharrirlaridan ajralib turadi. Uning yana bir muhim xususiyati shundaki, Windows tizimida ishlaydigan barcha amaliy dasturlar bilan o‘zaro aloqada ishlay oladi. Masalan, turli jadvallar, diagrammalar, grafiklar yoki rangli rasmlar va shunga o‘xshagan boshqa turdagi ob’ektlarning matnda ishlatilishi talab qilinsa, Wordda bu muammo osongina yechiladi. Biz quyidagi topshiriqlar va ko‘rsatmalar asosida Word 2000 matn muharriri bilan amaliy ish jarayonini tasvirlagan bo‘lsak-da, ammo bu Wordning boshqa versiyalariga nisbatan ham umumiylik xususiyatini saqlab qoladi. Topshiriqlar 1. Wordga kirish. Wordga kirishning bir nechta usullari mavjud bo‘lib, quyidagi asosiy ikki usulni tavsiya etamiz: 1-usul. “Пуск” tugmachasi orqali Windows asosiy menyusiga kirib, “Программы” bandi ochiladi va dasturlar ro‘yxatidan “Microsoft Word” tanlanib, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi (1-rasm): 1-rasm. MS Wordga kirish. 2-usul. Agar mavjud bo‘lsa, Windows ish stolidagi Word dasturi yorlig‘i ustida sichqoncha chap tugmasi tez ikki marta bosiladi. Natijada ekranda MS Word dasturi oynasi namoyon bo‘ladi (2-rasm). Download 418.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling