Laboratoriya ishi №3. Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari ishning maqsadi


Matnga grafik tasvirlar va rasmlar qo‘yish


Download 418.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana10.02.2023
Hajmi418.15 Kb.
#1185363
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 laboratoriya ishi

16. Matnga grafik tasvirlar va rasmlar qo‘yish. 
Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichi kerakli joyga o‘rnatiladi va “Вставка” menyusiga 
kirib, undan “Рисунок” bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan ichki menyudan kerakli kategoriyalardan 
biri tanlanadi (15-rasm). 
15-rasm. Matnga skaner orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tasvir qabul qilish. 
17. Matnni sahifalarga bo‘lish (nomerlash). 
Agar yozilgan matn bir necha sahifani tashkil etsa, u holda uni sahifalarga ajratish
boshqacha aytganda sahifalarining nomerini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Buni komputerning o‘zi 
avtomatik tarzda bajaradi, bunda dastlab sizdan quyidagi amallarni bajarishingiz va boshlang‘ich 
ma’lumotlarni kiritishingiz talab qilinadi: “Вставка” menyusidagi “Номера страниц”ga kirasiz. 
Hosil bo‘lgan muloqot oynachasi orqali kerakli parametrlarni o‘rnatishingiz mumkin (16-rasm). 
Ba’zi qo‘shimcha parametrlarni esa “Формат”ga kirib topasiz va o‘rnatasiz.
16-rasm. Matnning sahifa nomerini o‘rnatish. 
18. Tayyorlangan ma’lumotni ekranda cirtdan (taxminan) ko‘rish. 
Buni 1-usul: “Файл” menyusidagi “Предварительный просмотр” buyrug‘i bilan; 2-usul: 
vositalar panelidagi
belgi orqali; 3-usul: klaviaturada [Ctrl]+[F2] tugmalar birikmasidan 
foydalanib amalga oshirish mumkin. 
 
19. Word dasturidan chiqmay turib yangi hujjat oynasini hosil qilish. 
1-usul: “Файл” menyusidagi “Создать” buyrug‘i bilan; 2-usul: vositalar panelidagi 
belgi orqali; 3-usul: klaviaturadagi [Ctrl]+[N] tugmalar birikmasidan foydalanib amalga oshirish 
mumkin.
20. Tayyorlangan hujjatni printer qurilmasi orqali chop etish. 
 
1-usul: “Файл” menyusidagi “Печать” buyrug‘i bilan; 2-usul: vositalar panelidagi 
belgi orqali; 3-usul: klaviaturadagi [Ctrl]+[P] (bu yerda P 

lotin harfi) tugmalar birikmasidan 
foydalanib amalga oshirish mumkin. (Bunda printer ulangan va yoqilgan bo‘lishi shart!). 
 
21. Hujjat oynasini yopish. 
“Файл” menyusining “Закрыть” buyrug‘i orqali bajariladi. 
22. Dastur oynasini yopish yoki Word dasturidan chiqish.  
 
1-usul: “Файл” menyusidagi “Выход” buyrug‘i bilan; 2-usul: dastur oynasining sarlavha 
satridagi 
belgi orqali; 3-usul: klaviaturadagi [Ctrl]+[F4] yoki [Alt]+[F4] klavishlar 
birikmasining bittasidan foydalanib amalga oshirish mumkin.

Download 418.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling