Laboratoriya ishi №3. Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari ishning maqsadi


Satrlar oralig‘i intervalini o‘rnatish


Download 418.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana10.02.2023
Hajmi418.15 Kb.
#1185363
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 laboratoriya ishi

4. Satrlar oralig‘i intervalini o‘rnatish. 
Matnli hujjatlarni tayyorlashda bu amaldan ham ko‘p foydalaniladi. Intervalni o‘rnatish 
uchun “Формат” menyusiga kiriladi va undan “Абзац” bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan muloqot 
oynasining междустрочный bo‘limiga kirib, intervallar ro‘yxatidan keraklisi o‘rnatiladi va [OK] 
bosiladi (7-rasm). Agar masala tayyor matn uchun qo‘yilgan bo‘lsa, u holda matn sohasi to‘liq 
ajratiladi va yuqoridagi amal bajariladi. 
7-rasm. ”Формат” menyusining “Абзац” bo‘limi
5. Oddiy matnli ma’lumotlarni va matematik formulalarni kiritish. 
Oddiy matnli ma’lumotlar klaviaturaning alifboli va raqamli klavishlari orqali odatdagidek 
kiritiladi. Masalan, ketma-ket [G], [U], [R], [U], [H] klavishlarni ishlatib, guruh so‘zini hosil 
qilish mumkin; [Shift]+[G], [U], [R], [U], [H] klavishlar ketma-ketligi Guruh so‘zini hosil qiladi; 
[1], [2], [-], [G], [U], [R], [U], [H] klavishlar ketma-ketligi 12-guruh so‘zini hosil qiladi va hk. 
Matematik formulalarni yozish uchun Equation deb ataluvchi maxsus qo‘shimcha  
formula muharririni chaqirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun vositalar panelidagi 
belgiga 
murojaat qilish zarur. Agar mazkur belgi vositalar panelida mavjud bo‘lmasa, demak u 
o‘rnatilmagan yoki vaqtincha “yashirib” qo‘yilgan bo‘ladi. Undan doimiy foydalanib turish uchun 
uni vositalar paneliga chiqarib qo‘ygan lozim. Buning uchun vositalar panelining ixtiyoriy belgisi 
ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosib, kontekst menyu hosil qilinadi va undan Настройка”_ga_kirib_(8-rasm),_“Команды”'>“Настройка”ga 
kirib (8-rasm), “Команды” bo‘limi ochiladi (9-rasm). 


8-rasm. Word 2000 vositalar panelining
kontekst menyusi 
9-rasm. Word 2000 Настройка oynasi 
“Команды” bo‘limining “Категории” panelidan “Вставка”ni tanlab, o‘ng panelga 
o‘tamiz. O‘ng paneldagi buyruqlar to‘plamidan 
belgini topib, sichqoncha ko‘rsatkichi orqali 
“ilintirib” uni vositalar panelining mumkin bo‘lgan joyiga o‘rnatamiz va Настройка oynasini 
“Закрыть” tugmasidan foydalanib yopamiz. Ushbu formula muharririni ishga tushirish uchun 
uning xos belgisi ustida tez ikki marta sichqoncha chap tugmasini bosish kerak. Agar avvaldan 
mazkur ilova o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu haqdagi xabar ekranda paydo bo‘ladi.Uni o‘rnatish uchun 
foydalanuvchi tomonidan buyruq

ko‘rsatma olgandan keyingina dastur o‘rnatiladi va ishga 
tushadi (10-rasm): 
10-rasm. Equation 3.01 dasturi muhiti 
Shunday qilib, Настройка  muloqot oynasi orqali nafaqat vositalar panelini qo‘shimcha 
belgilar (buyruq

tugmalar) bilan to‘ldirish mumkin, balki undagi ortiqcha elementlarni olib 
tashlash ham mumkin.

Download 418.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling