Laboratoriya ishi №4 azotli o`G`itlar ishlab chiqarish va o`G`it tarkibidagi azotning miqdorini formal`degid usulida aniqlash ishdan maqsad


Download 36.16 Kb.
bet1/4
Sana09.02.2023
Hajmi36.16 Kb.
#1181336
  1   2   3   4
Bog'liq
4-lab


Laboratoriya ishi №4
AZOTLI O`G`ITLAR ISHLAB CHIQARISH VA O`G`IT TARKIBIDAGI AZOTNING MIQDORINI FORMAL`DEGID USULIDA ANIQLASH


Ishdan maqsad: Azotli o`g`itlardagi azotning miqdorini formal`degid usulida hamda haydash yo`li bilan tahlil qilish usullarini o`rganish. Azotli o`g`itlardagi azotning miqdorini formal`degid usulida aniqlash.
Nazariy ma`lumotlar
Azotli mineral o`g`itlariga karbamid va tarkibida azoti ammoniy, nitrat, nitrit, amid ko`rinishida bog`langan mineral tuzlar kiradi. Qattiq azotli o`g`itlarni tahlil qilish ularning namligini, kislotaligini (ammoniy sul`fatda) va azot miqdorini aniqlash kabilarni o`z ichiga oladi. Ammoniy tuzlaridagi bog`langan azotni formal`degid usulida aniqlash eng keng tarqalgan usuldir. Bu usul sul`fat, xlorid, nitrat tuzlarining ammoniy ko`rinishida bog`langan azotni hamda karbamiddagi azotni, umumiy azotni (ammoniy va nitrat ko`rinishidagi) aniqlashda, ya`ni nitrat azotni aktiv metallar ishtirokida ishqorli sharoitda ammiak ko`rinishigacha qaytarib aniqlashda keladi. Chunki hosil bo`lgan ammiakni reaktsiya aralashmasidan haydab chiqarib sul`fat kislotasining aniq titrlangan eritmasida yuttirib aniqlanadi.
Mazkur ishdagi ammoniy ko`rinishdagi azotni formal`degid usulida tahlil qilish ammoniy selitrasidagi umumiy azotni, agarda uning tarkibida boshqa turdagi ammoniy tuzlari bo`lmasa, aniqlashga ham yaroqlidir. Formal`degid usulining mohiyati shundan iboratki, ya`ni suyultirilgan ammoniy tuzlari formal`degid bilan geksametilentetramin hosil qiladi va ekvivalent miqdorida shu tuzlarning kislotalari hosil bo`ladi.

2(NH4)2SO4+6HCOH= C6H12N4+H2SO4+6H2O


4NH4Cl+6HCOH= C6H12N4+4HCl+6H2O


4NH4NO3+6HCOH= C6H12N4+4HNO3+6H2O


Hosil bo`lgan kislota fenolftalein ishtirokida o`yuvchi natriy eritmasi bilan titrlanadi. Tahlil natijasi to`g`ri chiqishi uchun o`g`itlar eritmasi va formal`degid avvaldan neytrallanadi. Karbamidni tahlil qilishda dastlab uni sul`fat kislotasi yordamida kuydagi reaktsiya bo`yicha:


CO(NH2)2+H2SO4+H2O=(NH4)2SO4+CO2


Hosil bo`lgan ammiakli azotni esa formal`degid usuli bilan aniqlanadi.



Download 36.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling