Laboratoriya ishi №4 azotli o`G`itlar ishlab chiqarish va o`G`it tarkibidagi azotning miqdorini formal`degid usulida aniqlash ishdan maqsad
Download 36.16 Kb.
|
4-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Kerakli reaktivlar:
5, 0,5, 0,1 n li natriy ishqori eritmalari; 25% formal`degidning fenolftalein ishtirokida 0,1n natriy ishqori bilan neytrallangan eritmasi pushti rang paydo bo`lguncha); Sul`fat kislotasi, zichligi 1,835 g/sm3 va 0,5 n eritmasi; 0,5% fenolftalein va 0,5% timolftaleini bor fenolftalein indikatori; Fenolftlaein indikator, 1% li spirtli eritmasi. Ishni bajarish tartibi 1 g chamasi o`g`it analitik tarozida, oldindan tortib ko`rilgan usti yopiq byuksda, 0,001 g aniqlikda tortib olinadi va 250 ml hajmga ega bo`lgan Erlenmeyr kolbasiga solinadi. Uni 100 ml distillangan suvda eritiladi, 2-3 tomchi fenolftalein tomiziladi va 1 n NaOH eritmasi bilan biroz pushti rang paydo bo`lguncha neytrallanadi. Agar karbamid tahlil qilinayotgan bo`lsa, tortib olingan tuz 250 ml hajmli kolbaga yuvib tushiriladi so`ngra kolbaga zichligi 1,835 g/sm3 bulgan 5 ml sul`fat kislotasi solinadi. Hosil bo`lgan eritma yaxshilab aralashtirilib SO2 ajralib chiqishi kamayguncha asbest to`rli gorelkada yoki elektroplitada qizdiriladi. Eritma qaynash darajasiga etgach SO2 ajralishi batamom tugaguncha va sul`fat kislotasining oq bug`lari ajrala boshlaguncha davom ettiriladi. So`ngra kolba sovutiladi va unga 50 ml distirlangan suv ehtiyotlik bilan qo`shilib eritma aralashtiriladi, 1-2 tomchi qizil metil tomizilib sul`fat kislotasining ortiqchasi 0,5 n NaOH eritmasi yordamida sariq rang paydo bo`lguncha neytrallanadi. So`ngra pushti rang paydo bo`lguncha 0,5 n sul`fat kislotasi eritmasi tomzilib qo`shiladi. Shu asosda neytrallangan eritmaga 40 ml formal`degid eritmasi, 5 tomchi indikatorlar aralashmasi tomzilib 1-2 minutdan so`ng hosil bo`lgan kislota 0,5 n NaOH eritmasi bilan eritma oldin rangsizlanib, so`ng yana pushti rangga kirguncha titrlanadi. Ammoniyli azotni quruq o`g`itga aylantirib xisoblash quydagi formula orqali amalga oshiriladi: , mass % bu erda: V-0,5 n NaOH ning titrlash uchun ketgan miqdori, ml K-0,5 n NaOH ning to`g`irlash koeffitsienti a- tortib olingan o`g`itning miqdori, g 0,007-1 ml 0,5 n NaOH ga to`g`ri keladigan azot miqdori Agar tahlil qilinayotgan o`g`it boshqa aralashmasi yo`q bo`lgan ammoniy selitrasi bo`lsa, umumiy azot miqdori ammoniyli azotga nisbatan ikki baravar ko`p bo`ladi, ya`ni mass % Download 36.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling