3.10-rasm.
Ushbu formaning eng pastki qismida
void tipli funksiya muhit tomonidan avtomatik tarzda
hosil qilingan bo‘lib, figurali qavs (―{‖ va ―}‖) ichiga yozilgan dastur formadagi (TForm1)
tugmani bosganda (Button1Click) bajariladi.
Ushbu dasturlash tili va muhiti ingliz tili asosida yaratilganligi sababli buyruq, funksiya va
proseduralar ham ingliz tilidagi so‘zlardan olingan. Masalan
bizning holatda kompyuterga
―Hello World matnli habar ko‘rsat‖ kabi buyruq berilishi lozim. Uni quyidagicha ―tarjima‖ qilish
mumkin:
Show – ko‘rsat, Message – habar va (Hello World) matni.
Faqat yuqorida berilgan iborani dasturlash muhiti sintaksisi asosida yozish kerak:
ShowMessage("Hello World!");
Ishning natijasini ko‘rish uchun Shift+Ctrl+F9 tugmachalarni bosamiz. Yaratilgan dastur
ishga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: