Laboratoriya ishi №8 Mavzu: Oraliq birikmalar va kardan uzatmalar tuzilishi. I. Ishning maqsadi
Download 238.9 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kardanli uzatmaning konstruktsiyasi.
- 122-rasm. Avtomobillarning kardanli uzagmasi
Laboratoriya ishi № 8 Mavzu: Oraliq birikmalar va kardan uzatmalar tuzilishi. I. Ishning maqsadi: Oraliq birikmalar va kardan uzatmalar vazifasi, tuzilishi, qismlarga ajtatish va yig’ish hamda ishlash prinsipini o’rganish. II. Umumiy ma’lumotlar: Kardanli uzatmaning konstruktsiyasi. Avtomobillarda uzatmalar qutisidan yetakchi ko`prikning asosiy uzatmasiga burovchi momentni uzatish uchun burchak tezliklari bir xil bo`lmagan kardani sharnirlarga ega bo`lgan bir yoki ikki vali kardani uzatmalardan foydalaniladi. Bunday kardani uzatmalar konstruksiyasi bo`yicha bir – biriga o`xshash bo`lib, eng katta burchak tezliklarda harakatlanganda ham uncha katta bo`lmagan burama tabranishkarsiz ravon aylaish lozim. Agar avtomobilda bitta kardanli uzatma o`rnatilsa kardanning old tomoniga biriktirilgan vilka (1 va 2) kardanli sharnirning bitta vilka uzatmalar qutisining ikklamchi vilkasi shlitsli uchlik (5)ga payvandlangan. Shlitsli uchlik kardarning shlitsli vtulksi (4)ga kiritib, o`q bo`ylab siljuvchi birikma hosil qiladi. Shlitsli vtulka kardan vali (8)ning old qismiga, valning orqa uchi esa kardan valning old qismiga va valning orqa uchi esa shu kardan sharnirning vilkasi (9)ga payvandlangan. Rezinadan tayyorlangan g`ilop (7) shlitsli birikmani tashqi muhitdan kiradigan iflos zarrachalardan saqlaydi. 122-rasm. Avtomobillarning kardanli uzagmasi: a- bitta valli; 1 va 2- vilkalar; 3- moydon; 4- shlitsli vtulka; 5- shlits; 6- manjeta; 7-rezinali galof; 8- kardan vali; 9-sharnirning vilkasi. b- ikkita valli: 1-flanets; 2, 7 va 5 kardan sharnirlari; 3-rezinali yostiqcha; 4- sharikli podshipnik; 6 va 14 vallar; 8-g’ilof ; 9- manjeta; 10-oraliq, tayanch; 11-shlitsli vtulka; 12-shlits; 13 - tiqn. Bu birikmani muntazam moylash uchun moydan (3)da saqlanadigan moy kiritiladi va u oqib kardan trubasiga o`tmasligi uchun manjeta (6) mo`ljallangan. Bu turdagi kardanli uzatma MAZ avtomobillarida o`rnatilgan. Uzatmalar qutisi va asosiy uzatmalar orasidagi masofa katta bo`lgan hollarda oraliq tayanchi kardanli uzatma qo`llaniladi. Bu markazdan qochma kuch ta`siridagi vallarning ko`ndalang ezilishini kamaytiradi va burama tebranishlarni kamaytiriradi va burama tebranishlarni kanaytirishga olib keladi. Bu turdagi kardanli uzatmalarda valning ikkala tomonidan kardan sharniri biriktirilgan bo`lsa, bunday kardani uzatma ikki yoqlama uzatma konstruksiyasi bilan tanishib chiqamiz. U ikkala val, oraliq (14) va orqa kardanli val (6)dan hamda uchta kardan sharnirlar (2,7 va 5)dan, shunungdek oraliq tayanchi metall korpusi rezina yostiqcha (3)ga joylashtirilgan sharikli podshipnik (4)dan tarkib topgan. Kardani uzatmaning vallari (14 va 6) yupqa devori po`lat trubalaridan tayyorlangan. Oralaiq kardan valining uchlariga kardanli sharnir hosil qiluvchi ikkita (2 va 7) vilkalar payvandlangan. Shlitsli sirpancha uchlik (12) shlitsli vtulka (11) ichiga joylashgan. Bu sirpanuvchi shlitsli birikma kardan valining uzayishi va qisqarishini ta`minlab, orqa ko`prikning holatini barqarorlashtirib turadi. Oraliq val (14)ning old uchidagi vilkasi (2) uzatmalar qutisining ikkilamchi validagi flanes (1)ga tutashgan vilka bilan sharnir ravishda bog`langan. Valning orqa qismi oraliq tayanchini tashkil qiluvchi sharikli podshipnik (4) ga o`tkazilgan sharikli podshipnik oraliq tayanch (10) ning rezina yostiqchasi (3)ga o`rnatilgan bo`lib, bularning jami ko`ndalang joylashgan ramaga mahkamlanadi. Podshpnik ikki tomondan salnikli qopqoqlar bilan yopilgan. Shlitsli birikmaning kamroq yeyilishi uchun va ishlash muddatini oshrish maqsadida unung ichiga bosim ostida moy to`ldiradi. Undagi moy truba ichidan sizib ketmasligi uchun tiqin (13) va manjeta (9) mo`ljallangan. Shuningdek, shlitsli birikmada moy ifloslanmasligini ko`zda tutib rezidan yasalgan g`ilof (8) yordamida tashqi muhitdan muhofazalanadi. Yengil avtomobillarda shlitsli birikma, ko`pincha, uzatmalar qutisining uzaytirgichida joylashtirib, u karterdagi moy bilan moylanadi. Kardani uzatmaning silkinmasdan aylanishini ta`minlash maqsadida u muvozanatlashtirilgan bo`lishi lozim. Aks holda vilkaga ta`sir etuvchi ko`ndalang yo`nalishdagi kuchlar burilma tebranishlari vijudga keltiriladi. Bu holat kardanli sharnirlarning tez aylanisi sabab bo`ladi. Shu sababdan kardan valning uchlariga muvozanatlanuvchi plastinalar payvandlanadi. Ba`zan muvozanatlashtirish jarayonini kardanli podshipnigining qopqog`i tagiga maxsus plastinalar quyish bilan bajariladi. Undan tashqari podshipnikning tayanch korpusi (10) ichidagi rezidan yasalgan yostiqcha (3) o`rnatilishi ham kardanli uzatmada hosil bo`ladigan ko`ndalang tebranishlarni qisman so`ndiradi. Download 238.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling