Laboratoriya ishi Kimyoni chuqur o’qitishda qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish yo’llari


Mavzu. Maktab kimyo kursida masalalar yechishning ta’limiy axamiyati va masalalarning axamiyati


Download 52.15 Kb.
bet9/18
Sana27.01.2023
Hajmi52.15 Kb.
#1130581
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Yakuniy

Mavzu. Maktab kimyo kursida masalalar yechishning ta’limiy axamiyati va masalalarning axamiyati. Zamonaviy dars — ma`lum yoshdagi bilim va malaka darajalari yaqin bo`lgan o`quvchilar guruxining o`quv-bilish faoliyatlarini faol va rejali bo`lishini ta`minlovchi tashkiliy jarayon xisoblanadi Masalalar yechish - o’quvchilarning kimyoviy jarayonlarni o’rganishda logik o’ylash qobiliyatlarining rivojlanishiga va kimyoviy bilimlarni o’zlashtirishi maqsadiga erishishi kerak. Muammoli vazifalarni usuli-o’quvchilarga-muammoli vaziyatlarni va ularning faol bilish faoliyatini tashkil etishga asoslangan usuldir. U aniq vaziyatlarni taxlil qilish baholash va keyinchalik qaror qabul qilishdan iborat. Bu usulning yetakchi funksiyalari: o’rgatuvchi: bilimlarini aktuallashtirishga asoslangan: rivojlantiruvchi;taxliliy tafakkurni alohida faktlar orqasidagi hodisa va qonuniyatlikka ko’ra bilishni shakllantirish; tarbiyalovchi; kommunikativ ko’nikmalarni shakllantirish. Avvolambor muammoli vaziyatlarni yaratish usullarini bilan tanishib chiqamiz: Siz o’quvchilarni qarama-qarshilik tamon olib borasiz va uning yechimini mustaqil ravishda o’zlarini topishlarini taklif etasiz; amaliy faoliyatda duch keladigan qarama-qarshiliklarni malum qilasiz; bir savolga turli nuqtai nazardan qarashlarini bayon qilasiz; o’quvchilarga xodisalarni turli vaziyat orqali ko’rib chiqishni taklif etasiz(masalan, huquqshunos, moliyachi, o’qituvchi va hokazo. o’quvchilarni siz taklif qilgan vaziyatni taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga faktlarni solishtirishga davat etasiz: aniq savollar qo’yasiz (umumlashtiruvga, asoslovga, aniqlashga mantiqiy fikr kiritishga), muamoli nazariy va amoliy vazifalarni belgilaysizlar masalan itlimiy tekshirish) muammoli vazifalarni qo’yasiz (masalan, ortiqcha yoki etarli bo’lmagan dastlabki malumatlar bilan. Bilib qilingan xatolar bilan belgilangan vaqt ichida, ruhiy sustkashlikni yengish va hokazo) Loyiha ustida ishlash jarayonida sizning faoliyatingiz quyidagilardan iborat bo’ladi o’quvchilarga axborat qidirishiga yordam bering o’zingiz axborat manbai bo’lishingiz butun jarayoni muvofiqlashtirishingiz o’quvchilarni quvvatlashingiz va taqdirlashingiz uzluksiz qator aloqani qo’llab quvvatlashingiz loyihali ta’lim berish o’quv jarayonini aktuallashtiradi chunki u shaxsga yo’naltirilgan juda ko’p didaktik yondashuvlardan foydalaniladi o’zini-o’zidan motivlaydigan, bu ishga qiziqish va jalb qismini uning bajarishiga qarab ortishi demakdir o’zing va o’zgalarning tajribasidan kelib chiqqan holda va aniq ishlarda o’rganishga imkon beradi. o’z mehnatlari samarasini ko’rib turgan o’quvchilarga qoniqish keltiradi. Kimyo bo’yicha masalalarning ko’pchiligini yechish uchun o’rta maktab rejasida: 1.proporsiyalarni yechish , 2.birlikka keltirish, 3.bir noma’lumli algebraik tenglama tuzish bo’yicha olib boriladi. Масала ечиш учун унинг аниқ режасини тузиб олиш ва имкони борича ихчам, қисқа йўл билан ечишга ҳаракат қилиш керак. Ҳар қандай ҳолатда ҳам масала ечишда эътиборни қуйидагиларга қаратиш зарур: 1. Масалани ўқиб, танишиб чиқиб айни масала орқали ҳал қилиниши зарур бўлган муаммони аниқлаш; 2. Масала шартида қайси модда, қайси элемент иштирок этишини белгилаш; 3. Масалада иштирок этувчи моддаларнинг моляр массаси, нисбий моляр массаси, моляр ҳажми, элементнинг тартиб номери, нисбий атом массаси ва бошқа тушунчаларни аниқлаш; 4. Масала кимёнинг қайси бўлимига тааллуқли эканлигини аниқлаш; 5. Эритмаларга доир масалаларни ечишда уларнинг фоиз, масса улуши, моляр, нормал, эквивалент концентрациялари ва улардан фоиз концентрацияси берилган бўлса, жадвал асосида унинг зичлигини, зичлиги берилган бўлса, фоиз концентрациясини ёки масса улушини аниқлаш; 6. Оксидланиш-қайтарилиш реакцияларига доир масалаларни ечишда реакцияда иштирок этувчи элементларнинг оксидланиш даражалари ўзгариши аниқланади, жараённинг электрон тенгламалари тузилади. Оксидловчи элемент (атом) ёки қайтарувчи элемент (атом ёки ионлар) аниқланади; 7. Тузилган формула ёки реакция тенгламаларининг ва уларнинг коэффициентлари тўғри эканлигини текшириб ишонч ҳосил қилиш керак бўлади; 8. Формулалар ва тенгламалар асосида ҳисоблашга доир масалаларни ечишда пропорция, нисбат, формулалардан фойдаланилади; 9. Масалаларни график усулда ечишда координаталар системасидан фойдаланилади; 10. Моддаларнинг тузилиш формулаларини ёзишда шу модда таркибига кирувчи элементларнинг валентликлари аниқланади; 11. Модданинг тузилиши, оддий моддаларнинг ядро таркиби, атомлардаги электронларнинг ҳолати ва оддий моддаларнинг хоссаларини ўрганишда Д. И. Менделеевнинг кимёвий элементлар даврий системасидан фойдаланиш тартибини ўрганиш зарур; 12. Экспериментал масалаларни ечишда кимё лабораторияларида ишлаш қонун-қоидаларига риоя қилиш керак.

Download 52.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling