Darsning ahamiyati: Talabalarga etil bromidni tibbiyot soxasidagi axamiyatini tushuntirish.
Brutto-formulasi C2H5Br
Reaksiya tenglamasi
KBr + H2SO4 = KHSO4 + HBr
CH3CH2OH + HBr = CH3CH2Br + H2O
Reaktivlar
Etil spirt 30 ml ( 0.5 mol)
Kaliy bromid 24 g (0.2 mol)
Sulfat kislota 30 ml ( 0.55 mol)
Jihozlar: 250-300 ml Vyurs kolbasi, qaytar sovutgich, qum xammomi, muz xammomi, termometr, shtativ, isitgich plitasi, alonj.
Ishning tartibi:
250 – 300 ml xajmli Vyurs kolbasida 30 ml etil spirt, 15 ml suv solinadi.
Unga aralashtirib turilgan holda 30 ml sulfat kislota quyiladi.
Reaksion aralashma uy temperaturasigacha sovitilgach, kolbaga chayqatilib turilgan holda maydalangan 24 g kaliy bromid solinadi.
Reaksion aralashmali kolba uzunroq sovitkichga ulanib, alonjning ichi esa muzi bo‘lgan suvli yig‘gichga 1-1.15 sm tushirib qo‘yiladi va kolba qum xammomida qizdiriladi.
Reaksion aralashma asbest setkasida yoki qum hammomida suv tagida yig‘ilayotgan moysimon etil bromid xaydalib bo‘lguncha qizdirib turiladi.
Reaksiya tamom bo‘lgandan so‘ng yig‘gichdagi maxsulot ajratkich voronkaga quyilib, suv tagidagi etil bromid 200 ml xajmdagi konussimon kolbaga olinadi.
Kolbani tuzli muz bilan sovitib, chayqatib turilgan holda unga etil bromid tagida kislota qatlami hosil bo‘lguncha tomizgich voronka yordamida konsentrlangan sulfat kislota quyiladi.
Etil bromid konsentrlangan sulfat kislotadan ajratkich voronka orqali ajratib olinadi. Olingan etil bromid tarkibida qisman brom bo‘lgani uchun sarg‘ish rangda bo‘ladi.
Maxsulot kolbaga solinib, termometrli deflegmator bilan sovitkichga ulanadi va suv hammomida xaydaladi. Bunda yig‘gich muz bilan sovitib turilishi kerak.
Etil bromid 35-400C atrofida xaydala boshlaydi. Uning asasosiy qismi 38-390C dagi fraksiyasi bo‘lak qilib olinib va tortilib, ampulaga yoki yaxshi berkitiladigan sklyankaga solinadi.
Toza etil bromid 380C da qaynaydi.
Miqdori 20 g atrofida, d204=1,4586 n20D=1,4211
Do'stlaringiz bilan baham: |