LABORATORIYA ISHLARI OLIB BORISHDA QO’LLANILADIGAN YORDAMCHI JIXOZLAR VA QURILMALAR
Distillyator - distillangan suv olishuchun qo‘llaniladi va turli laboratoriyalarda, tibbiyot korxonalarida va boshqa soxalarda ishlatiladi. Distillyator Davlat farmakopeyaning FS 42-2619-97 XI moddasiga to‘g‘ri keladigan distillab, tozalangan suvni ishlab chiqaradi. Ushbu distillyator yuqori to‘yingan eritmalar tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan tozalangan Sovuq va issiq (+80°C) suv tayyorlay oladi.
Analitik tarozi ko‘p funksiyali elektron tarozi bo‘lib, ilm va texnikaning turli soxalarida qo‘llaniladi. Tarozi mikroprotsessor bilan jixozlangan. Ishlash tamoyili elektro-magnit kompensatsiyaga asoslangan. Xavodan asraydigan eshikchalari maksimal darajada muammosiz ochiladi, o‘lchanadigan moddalarni qulay qo‘yib olishga moslashtirilgan. Bunday tarozilar laboratoriya xonalarida maxsus stollarga o‘rnatiladi.
Suyuqlanish xaroratini aniqlash jixozi - unda 400 0С xaroratgacha moddalarning suyuqlanish va qaynash xaroratini tez va aniq aniqlash mumkin.
Rotatsion bug‘lantirgich - past bosimda suyuqlikni xaydash yo‘li bilan yo‘qotish uchun mo‘ljallangan. Rotatsion bug‘lantirgich isitish hammomini yoqish uchun aloxida tugmacha, masof adan boshqarish paneli bilan jixozlangan va bug‘lantirgichni yopiq tortish shkafida qulay nazorat qilish mumkin. Kimyoviy laboratoriyalarda erituvchilarni aralash birikmalardan bug‘lash, hamda suyuqliklarni ajratishda keng qo‘llaniladi.
Moddalarni tozalash “Yelpig’ich” usuli
Yelpig‘ich uslubda talabalarni mashg‘ulot mavzusini tekshirish uchun berilgan mashg‘ulotning afzallik va kamchiliklarini yozishdan iborat. Baxolashning mezoni esa yelpig‘ichning ochilishiga qarab baxolanadi.
2-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: ETIL BROMID SINTEZI
Darsning maqsadi: Talabalarga etil bromid sintezi misolida sintez jarayonlarini olib borish, optimal shart-sharoitlari, parametrlari va maxsulot chiqishi unumdorligi haqidagi bilimlarni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |