Laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari
Rudalarni boyitish bo`yicha tajriba ishlarining maqsadi
Download 39.9 Kb.
|
5 laboratoriya ishi. mavzu fosfori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rudalarni boyitishning texnologik sxemasini tuzish
- Rudalarni yanchish
Rudalarni boyitish bo`yicha tajriba ishlarining maqsadi
Rudalarni flotatsiyalanish xususiyati va boyitishning optimal texnologik ko`rsatkichlari faqatgina eksperiment yo`li bilan aniqlanadi. Shuning uchun eksperiment usullari bilan tanishish tajriba ishlarining asosiy qismi hisoblanadi. Quyida har xil turdagi foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitish bo`yicha tajriba ishlari keltirilgan. Flotatsiya jarayonini boshqarish kimyoviy reagentlar yordamida mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o`zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Shuning uchun tajriba ishlarini bajarishda asosiy diqqat e`tiborni flotoreagentlarni tanlash va ularning sarfini aniqlashga qaratish lozim bo`ladi. Rudalarni boyitishning texnologik sxemasini tuzish Boyitishning texnologik sxemalari rudalarning mineralogik tarkibiga, ruda tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning o`lchamiga qarab tuziladi. Sxemada zarur bo`ladigan reagentlar, ularning qaysi jarayonda qo`shilishi va miqdori ko`rsatilishi shart. Reagentlarning sarfi har bir tajriba ishi uchun o`qituvchi tomonidan ko`rsatiladi. Rudalarni yanchish Boyitish jarayonlaridan oldin har doim ruda yanchiladi. Yanchilish darajasi ruda tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning o`lchamiga bog’liq. Yanchish jarayoni mineral zarrachalarning yuzalari ochilguncha davom etadi. har bir ruda uchun yanchish davomiyligi o`qituvchi ko`rsatmasi bo`yicha yoki tajriba yo`li bilan belgilanadi. Yanchish laboratoriya sharli tegirmonida qattiq, suyuq va yanchuvchi yuzalar Q:S:Ya=1:0,5:6 ga teng bo`lgan nisbatda amalga oshiriladi. Rudani yanchishdan oldin tegirmon issiq suv bilan soda aralashmasi yordamida yuviladi. Agar tegirmon yoki undagi yanchuvchi yuzalarda zang hosil bo`lgan bo`lsa, uni ruda bilan yuklab, 10-20 daqiqa davomida ishlatiladi. Shundan so`ng tegirmon yana yuviladi. Tegirmon ishdan to`xtatilgandan so`ng yana zang hosil bo`lmasligi uchun uni suv to`ldirilgan holda saqlash lozim. Tegirmonni rudadan bo`shatish quyidagicha amalga oshiriladi: dastlab tegirmon ichi yuvuvchi moslama (promivalka) bilan yuviladi, keyin tegirmon sharlari yoki sterjenlari yuvilib rudadan tozalanadi. Agar flotatsiya jarayoniga temir ionlari zararli ta`sir ko`rsatsa, unda yanchish jarayoni chinni tegirmonda amalga oshiriladi. Agar yanchiladigan ruda o`lchami nechaga teng bo`lish kerakligi aniqlansa, yanchish davomiyligini aniqlash uchun tajribalar o`tkaziladi. Tajribadan olingan ma`lumotlarga asoslanib, har bir yanchish vaqti bo`yicha olingan, yanchilgan sinflarning chiqishi uchun chiziqli bog’liqlik grafigi tuziladi. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling