Laboratoriya jumislari boyinsha qollanba


-rasm. Elektr maydoni ta`sirida ionlarning harakati


Download 1.23 Mb.
bet15/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1389088
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Электромагнетизм KK

44-rasm. Elektr maydoni ta`sirida ionlarning harakati.

Kalit K ni ulab, bu zanjirdan elektr toki o`tayotganini ampermetrning strelkasi o`ishidan bilamiz. Bunda ko`mir plastinkalar orasida hosil bo`lgan potentsiallar ayirmasi hisobiga elektr maydoni vujudga keladi. Elektr maydonning ta`sir kuchi sababli eritmadagi ionlar

tartibli harakatga o`tishga majbur bo`ladi. Bunda musbat Su2+ ionlari manfiy zaryadlangan plastinka-katodga tomon harakatlanadi va unga tekkach, ortiqcha elektronlari ko`p bo`lgan katoddan ikkita elektron olib neytral mis atomiga aylanadi va bu plastinka yuziga o`tirib qoladi.
Manfiy SO42- ionlari esa ortiqcha elektronlarga ega bo`lib, anodga tomon harakatga tushadi, unga etgach ortiqcha elektronlarini beradi va qoldiq sifatida ajraladi. Bir necha minut tok o`tgandan keyin eritmadan plastinkalarni chiqarib olib, katodda mis ajralganini ko`ramiz. U ko`mirning qora fonida yaxshi ko`rinadi va bu elektroliz vaqtida katodda modda ajralishini ko`rgazmali ravishda namoyish qiladi.
Olingan tajribada ko`mir plastinkalari eritma bilan reaktsiyaga kirishmaydi, ya`ni elektrolitda erimaydi. Shuniig uchun tok o`tishi bilan eritmaning kimyoviy tarkibi o`zgara boradi.
Endi xuddi shu tajribada mis kuporosining suvdagi erit­masiga ko`mir plastinkalari o`rniga mis plastinkalar tushiraylik. Zanjirdan tok o`tganda avvalgi misolimizdagiga o`xshash musbat Cu2+ ionlari elektr maydonning ta`sir kuchi sababli katodga tomon harakatga tushadi va unga tekkach, katoddan etishmagan elektronlarini olib misning neytral atomlariga aylanadi hamda katod yuziga ajralib chiqadi.
Tok qanchalik ko`p vaqt o`tsa, katodda o`shancha ko`p mis ajraladi. Manfiy SO42- ionlari elektr maydon ta`sirida anodga tomon harakatlanadi. Anod qilib olingan mis plastinka musbat zaryadlanganidan eritmadagi manfiy SO42- ionlarining ta`sirida bu plastinkada musbat mis ionlarining chiqishi osonlashadi, boshqacha aytganda bu mis plastinka elektrolitda eriy boradi.
Anoddan mis ionlari eritmaga o`tadi va buning natijasida anodning massasi tok o`tish vaqtida kamaya boradi.
Butun jarayon davomida eritmadan katodga qancha mis ioni o`tsa, anoddan o`shancha mis ioni eritmaga o`tganidan eritmaning kontsentratsiyasi o`zgarmay qola beradi. Bu turdagi elektrolizdan misni aralashmalardan tozalashda qo`llaniladi.
Elektroliz vaqtida katodda zaryadsizlanayotgan har bir ion katoddan ma`lum sondagi elektronlarni o`ziga biriktiradi. Katodda qanchalik ko`p miqdorda modda ajralsa, katodning o`zi shunchalik ko`p erkin elektronlar yo`qotadi.
Shunday qilib, katodda ajralgan modda miqdori elektrolitdan o`tgan elektr miqdoriga to``ri mutanosib va moddaning turiga ham bogliq bo`ladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling