ISHNI BAJARISH TARTIBI.
1. 57-rasmdagi sxema bo`yicha elektr zanjir tuziladi va tekshirish uchun o`qituvchiga ko`rsatiladi.
57-rasmda A-o`zgarmas va o`zgaruvchan tokda ishlaydigan ampermetr, V-o`zgarmas va o`zgaruvchan tokda ishlaydigan vol`tmetr, R-reostat, K-kalit, L-g`altak (57-rasm).
2. G`altakning aktiv qarshiligini aniqlaw uchun o`zgarmas tok asboblari bilan 57-rasmdagi sxema bo`yicha elektr zanjir yig`iladi. Reostatning jilgichi maksimal qarshilikka o`rnatiladi va zanjir o`zgarmas tok manbaiga ulanadi.
3. Ampermetr va vol`tmetrning ko`rsatishi Io`z-s va Uo`z-s lar yoziladi va Om nizamiga binoan R0 hisoblanadi:
57-rasm. Induktivlik g`altagini zanjirga ulash.
O`lchashlar 3-4 marta takrorlanadi. Bu xildagi o`lchashlarni bajarishda kalitni faqat asboblarning ko`rsatishini yozib olishgagina etarli qilib qisqa vaqtga ulanadi, aks holda g`altakdan ko`p vaqt tok o`tsa g`altak qizib qarshiligi o`zgarib qoladi.
4. Sxemadagi barcha o`zgarmas tok asboblari o`zgaruvchan tok asboblari bilan almashtiriladi (agar ikkala tokka ishlaydigan asboblar bo`lsa o`zgartirilmaydi) va zan-jirni o`zgaruvchan tok manbaiga ulanadi. Tok kuchi va kuchlanishlarning ta`sir etuvchi qiymatlari I va U o`lchanadi. Shu kabi o`lchashlar 3-4 marta takrorlanadi. Har qaysi o`lchash uchun (192) bo`yicha Z ning qiymatlari hisoblanadi.
5. R0 va Z larning har qaysi o`lchashdagi qiymatlari asosida (195) formula yordamida L ning qiymatlari, so`ngra ularning o`rtacha arifmetik qiymati < L > hisoblanadi.
O`lchash va hisoblash natijalari 38-jadvalga yoziladi.
G`altak induktivligini aniqlawda o`lchash va hisoblash natijalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |