Laboratoriya mashg’uloti №14 Mavzu


Download 59.59 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi59.59 Kb.
#1353746
  1   2   3   4
Bog'liq
14 lab OHF G.Mardanova 2022yil


Laboratoriya mashg’uloti № 14
Mavzu: Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash. Xotira hajmini aniqlash.


Oliy nerv faoliyati (ONF) tiplarini aniqlash. Xotira hajmini aniqlash.
Ishdan maqsad: Talabalar tempramentini G.Yu.Ayzenk testi orqali aniqlash va ularga individual yondashish ko’nikmalarini hosil qilish.
Ish uchun kerakli jihozlar. G.Yu.Ayzenk testi, oliy nerv faoliyati – temperamentlar haqidagi ma’lumotlar.
Nazariy tushuncha. Sangvinik: Bo’lar - bo’lmas narsalarga qattiq xaxolab kulaveradi. Muhim bo’lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Tetik va zo’r qo’zg’alish bilan javob beradi. Diqqatini tez bir joyga to’playdi. Aktivligi yuksak, juda g’ayratli va ishchan, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga \ayrat bilan kirishadi. Uni intizomga chaqirish oson. U o’z hissiyotlarini ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o’zgaruvchan. Yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko’cha oladi. ekstrovertlik xususiyatiga ega.
Xolerik: O’zini ushlay olmaydigan, betoqat, behalovat, serzarda, jizzaki. Insonlar bilan munosabatda keskin va shartaki. Muammoni echimini topa oladigan, bir maromda ishlamaydigan, tavakkalchi. Zo’r qatiylikka ega, diqqatini ko’chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo unga qiziqsa.
Flegmatik: Hissiy o’zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Katta kыngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, g’ayrati, ishchanligi, chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Faolligi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’playdi. Diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert.
Melanxolik: Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O’ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bo’lsa, qo’lini yuvib qo’ltig’iga urib qo’ya qoladi. G’ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg’iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Introvertlik xususiyatiga ega.

Download 59.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling