Laboratoriya mashg‘uloti 4G tarmoqlarining parametrlarini tadqiq qilish


Peydjing aloqa tarmog‘ining tuzilish sxemasi va tarkib


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1490927
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Xasanov Shokirjon 7-12

Peydjing aloqa tarmog‘ining tuzilish sxemasi va tarkib. Peydjing aloqa 
tarmog‘ining tuzilish sxemasi va uskunalar tarkibi 8.2 rasmda keltirilgan. 
8.2-rasm. Peydjing tizimining umumiy tuzilish sxemasi va qurilmalar tarkibi. 
Peydjing terminali har qanday peydjing sistemasining asosiy vositasi bo‘lib 
hisoblanadi. U axborotlarni yig‘ish tizimidan abonentlar uzatgan xabarlarni qabul 
qiladi, qabul qilingan peydjing protokoli asosida uzatgichga past chastotali 
modulyatsiya signalini shakllantiradi va peydjing uzatgichi yoki ularning aloqa 
kanallari 
bo‘yicha tizimini boshqaradi. Peydjing terminali 8.3-rasmda 
ko‘rsatilganidek avtonom va noavtonom ijroda ishlab chiqiladi. 


8.3-rasm. Pedjing terminallarining turlari. 
Avtonom pedjing terminal uzatkichga past chastotali modulyatsiyalovchi 
signalni shakllantirib berish uchun abonentlar-bazasiga uzatadi. 
Odatda avtonom terminal maxsuslashtirilgan mikro EHM shaklida ishlab 
chiqiladi, lekin abonentlar soni ko‘paygan sari bunday qurilma juda qimmatga 
tushadi. Bu esa ishlab chiqaruvchilardan terminal ichida abonentlar bazasini 
terminal ichida saqlashdan voz kechib, noavtonom terminal ishlab chiqarishga 
majbur qiladi. 
Noavtonom peydjing terminal o‘zida abonentlar bazasini saqlamaydi va 
shaxsiy kompyuter bilan birgalikda ishlatiladi. Bunda u ham ichki (kompyuterga 
qo‘shimcha plata), ham tashqi (kompyuter bilan aloqa kabeli orqali ulanuvchi 
alohida qurilma) ijroda ishlab chiqariladi. No avtonom peydjing terminal 
kompyuterdan 
olingan 
buyruq 
asosida 
uzatgichga 
past 
chastotali 
modulyatsiyalangan signalni shakllantirib beradi.
Noavtonom peydjing terminal bilan birga ishlovchi shaxsiy kompyuter 
pedjing server, undagi mavjud dasturiy ta’minot esa peydjing serveri dasturiy 
ta’minoti deb ataladi. 
Xabarni uzatish uchun terminal peydjing tizimi uzatgichi bilan birgalikda 
ishlab, uni boshqargan holda, unga past chastotali modulyatsiyalangan signal berib, 
xabarni ishchi chastotada uzatadi. Uzatgichning chiqish quvvati va antenna 
o‘rnatilgan joyning balandligi peydjer abonentlarining xabarlarni qabul qilish 
ko‘lamini (zona) aniqlaydi.
Peydjing terminal xabarlarini tayyorlash asosiy xizmat vazifalarini ifodalovchi 
axborotlarni yig‘ish tizimidan jo‘natilgan xabarlarni qabul qiladi. 
Qoidaga asosan, bu tizimning birinchi amalga oshiriladigan qismi, bu 
operatorlar yordamida xabarlarni tayyorlashdagi asosiy hizmat funksiyalarini 
ta’minlovchi operatorlar ishchi o‘rinlarining lokal tarmog‘idir. U telefon 
liniyalariga oddiy qo‘ng‘iroqlar tarzida kelib tushuvchi xabarlarni qabul qilish va 
ularni abonentlarga uzatish uchun peydjing tizimiga kiritishga mo‘ljallangan. 
Axborotlarni yig‘ish tizimining bu qismi lokal tarmoqqa qo‘shilgan, peydjing 
serveriga ulangan, dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan peydjing stansiyasi operatorlari 
ishlaydigan bir nechta shaxsiy kompyuterlar asosida quriladi. 


Operatorlar ish joylari qurilmasi unda ishlaydigan dasturiy ta’minot orqali 
operatorlar yordamida xabarlarni tayyorlash xizmati funksiyasini bajaradi.
Axborotlarni yig‘ish tizimining keyingi qismi operatorlarning ajratib 
chiqarilgan o‘rinlarlari hisoblanadi. U uzoqlashtirilgan operatorlarga asosiy 
tizimga kirish imkonini beradi. Ajratib chiqarilgan operator joylari uzoqlashtirilgan 
kirish dasturiy ta’minoti boshqaruvi bilan ishlaydigan va asosiy tizimga telefon 
yoki boshqa aloqa kanali orqali ulangan modemli shaxsiy kompyuter asosida 
tashkil qilinadi. Qoidaga binoan, alohida uzoqlashtirilgan operator joylari asosida 
tizim bilan oddiy telefon liniyasi orqali modem yordamida ulanadi, u bo‘lmagan 
holatda esa radiomodemni qo‘llagan holda radiokanal orqali ulanadi.
Ba’zan ajratib chiqarilgan operator joylarining lokal tarmog‘ini yaratishga 
talab hosil bo‘ladi. Bunday holatda bu tarmoq asosini tizim bilan yuqori tezlikli 
modemdan foylalangan holda ajratilgan aloqa kanali orqali ulanadi. Shuningdek, 
ta’kidlash lozimki, ajratib chiqarilgan operator joylari asosiy tizim bilan (danniy) 
uzatuvchi kompyuter tarmog‘i bilan birgalikda ishlashi mumkin.
Axborotlarni to‘plash tizimida kommunikatsiyali server muhim o‘rin tutadi. U 
ajratib chiqarilgan operator joylari boshqa peydjing tizimlari va ma’lumotlarini 
uzatish kompyuter tarmoqlari bilan birgalikda ishlash uchun mo‘ljallangan. 
Kommunikasion server, bu maxsus kommunikasion dasturiy ta’minotga ega 
bo‘lgan yuqori darajadagi aniq shaxsiy ma’lumotni uzatish uchun tayinlangan 
peydjing serveri bilan birga ishlaydigan qurilmadir. 
Peydjing tizimining kommunikasion serveri uzoqlashtirilgan kirish (dostup) 
xizmat funksiyalarini ta’minlash bo‘yicha mas’uldir. U uzoqlashtirilgan operator 
joylari qurilmasi bilan birgalikda ajralib chiqarilgan operator joylarining xizmat 
funksiyasini, ma’lumotlarini uzatish kompyuter tarmog‘i qurilmasi bilan birgalikda 
esa xabarlarni kompyuterda jo‘natish xizmati funksiyasini ta’minlaydi.
Kommunikatsiyali server aloqa kanallari orqali boshqa peydjing tizimlari 
bilan birga ishlagan holda rouming xizmat (xabarlarni jo‘natish) funksiyasi 
ta’minlanadi. 
Nihoyat, axboratlarni yig‘ish tizimining yana bir qismi (bo‘lagi) qo‘shimcha 
servis serveridir. U ovozli pochta bilan birgalikda raqamli va matnli xabarlarni 
avtomatik jo‘natishga mo‘ljallangan. Qo‘shimcha servis serveri ovozli funksiyaga 
va maxsus dasturiy ta’minotga ega bulgan yoki bir nechta modemli shaxsiy 
kompyuterlardan iborat. Modemlarning ovozli funksiyalari uzatilaetgan xabarlarni 
odamlar uchun odatiy bulgan tovush formasida amalga oshirish uchun zarurdir. 
Servis serveri qo‘shimcha qurilma bo‘lib maxsus dasturiy ta’minot yordamida 
peydjing tizimini tayyorlashda uchta xizmat funksiyani amalga oshiradi; rakamli 
xabarlarni avtomatik jo‘natish xizmati; formal xabarlarni avtomatik jo‘natish 
xizmati va ovozli pochta xizmati. 
U xabarlarni efirga yoki boshqa peydjing tizimiga jo‘natish uchun peydjing va 
kommunikatsiya serveri bilan birgalikda ishlaydi. 
Shunday kilib; 
1. Tizimning peydjing serveri xabarlarni xizmat doirasida uzatishni 
ta’minlaydi. 


2. Kommunikatsiyali server uning tashqi olam bilan, ya’ni boshqa tizimlar 
bilan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari bilan aloqani amalga oshiradi. 
3. Qo‘shimcha servis serveri foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun 
taqdim etiladi. 
4. Peydjing tizimining bu uchta serveri barcha xizmatlarning normal 
ishlashini ta’minlash uchun bir biri bilan jips bog‘lanadi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling