Laboratoriya mashg‘uloti 4G tarmoqlarining parametrlarini tadqiq qilish


Peydjing terminali va protokollari


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1490927
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Xasanov Shokirjon 7-12

Peydjing terminali va protokollari. Shaxsiy radiochaqiriq tizimining 
markaziy tarkibi (komponent) uning imkoniyatini aniqlovchi peydjing 
terminalidir.
Peydjing terminal - abonent manzilini qabul qiluvchi va kirish qurilmasi 
(klaviatura yoki kompyuter)dan uzatuvchi va muayyan formatda past chastotali 
signalni uzatgich modulyatoriga beruvchi qurilmadir. Bundan tashqari terminal 
kommunikatsiyaviy kanallar buyicha uzatgichlar tizimini boshqarish mumkin.
Tizim orqali qo‘llab-quvvatlanuvchi xabarlarni uzatish protokollari, bir nechta 
uzatgichlarni boshqarish imkoniyati
Ajratib chiqarilgan operator joylarini ulash imkoniyati, boshqa tizimlarga 
(rouming), shuningdek federal peydjing va boshqa tizimlarga xabarlar uzatish 
terminiling xarakteristikasi hisoblanadi. 
Peydjing stansiyasi tuzilishining tipik sxemasi 8.3 rasmda ifodalangan. 
8.3-rasm. Peydjing stansiyasining tuzulish sxemasi. 
Ishlab chiqarilgan terminallar turlari juda ko‘p turli bo‘lganligi sababli, ular 
100 abonent bazasiga ega bo‘lgan kompyuter platasi shaklidagi yoki raqamli 
xabarlarni kiritish uchun mo‘ljallangan klaviaturali alohida qurilma sifatida 
bajarilgan oddiy terminallardan tortib, to 200000 abonentga mo‘ljallangan jiddiy 
kopyuterlar asosida tayyorlangan qurilma sifatidagi birmuncha murakkab tizim 
bo‘lib xizmat qiladilar.
ShRChT AQSh, Fransiya, Yaponiya va boshqa yetakchi firmalari tomonidan 
ishlab chiqarilgan. Bir xil qurilmalar va xizmatlar me’yorini ishlab chiqishda turli 
chaqiriq tizimlarda foydalaniladigan qator umumiy yagona standartlarni yaratish 
zarur. 


Bunday standartlardan birinchisi 1969 yilda Yevropa pochta va Yevropa aloqa 
administratsiyasi 
konferensiyasi 
(SEPT) 
tomonidan 
ishlab 
chiqilgan 
YeVROSIGNAL standartidir. Keyinchalik turli tashkilotlar va kompaniyalar 
tomonidan radio interfeysni normallashtiruvchi POCSAG, ERMES, FLEX va 
boshqalar kabi birmuncha mukammallashtirilgan standartlar ishlab chiqildi. Shular 
ichida keng tarqalgani POCSAG standarti bo‘lib chiqdi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling