Laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Oqsillarni cho’ktirish reakstiyalari


Oqsillarni organik erituvchilar ta’sirida cho’ktirish


Download 49.44 Kb.
bet3/5
Sana29.09.2023
Hajmi49.44 Kb.
#1689835
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-laboratoriya oqsillardan 17.04.23

Oqsillarni organik erituvchilar ta’sirida cho’ktirish


Organik erituvchilar (spirt, asteton va boshqalar) oqsil makromolekulasining degidratastiyasiga sababchi bo’ladi. Ular suvli qobig`ini buzib, oqsilning eritmadagi eruvchanligini pasaytiradi va bu cho’kma tushishiga olib keladi. Organik erituvchilar yordamida oqsillarning cho’kishi neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda yaxshi amalga oshadi. Ishqoriy muhitda esa cho’kish yuzaga chiqmaydi. Har xil elektrolitlarning eritmada bo’lishligi ham cho’kish prostessini amalga oshiruvchi omil hisoblanadi (masalan, natriy xlorning bo’lishligi shunga olib keladi). Oqsillarni spirt bilan cho’kishi qaytar prostess hisoblanadi. Bunda eritma qizdirilmasa va reagentning ta’sir qilishi qisqa vaqt ichida o’tsa, shunday bo’ladi.
Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi. b) etil spirti (yoki asteton), v) natriy xlorid, kristall holda.
Ishning borishi: Probirkaga 1-2 ml oqsil eritmasidan quyiladi, ustiga natriy xlor kristalidan oz miqdorda solinadi va eriguncha chayqatiladi. Shundan keyin tomchilatib, 4-6 ml etil spirti solinadi va qattik chayqatiladi. Oradan 5-8 minut o’tkach, oqsil cho’kmaga tushadi.
Cho’kma hosil bo’lgandan keyin tezlik bilan uni boshqa probirkaga ajratib olinadi va ustiga bir necha ml distillangan suvdan quyiladi. Bunda spirtning konstentrastiyasi kamayib ketib, oqsil darhol erib ketadi.


  1. Oqsilning issiqlik ta’siridagi denaturastiyasi


Ko’pgina oqsillar 50-65 °S temperaturada buzila boshlaydi. Yuqori temperatura oqsilning denaturastiyasiga olib keladi, buning natijasida makromolekula qaytmas fizik-kimyoviy va biologik xossalarining o’zgarishiga uchraydi. Qaynatish natijasida polipeptid zanjiridagi disulfid bog`lari buziladi va makromolekulaning konformastiyasini buzilishiga olib keladi. Qisqa vaqt qizdirish (nisbatan past temperaturada) natijasida denaturastiya amalga oshmasligi mumkin. Lekin, keyingi qizdirishlar oqsil molekulasining buzilishiga olib keladi.
Issiqlik ta’siridagi denaturastiya tezligiga va prostessning intensiv borishiga muhitning pHi va elektrolitlarning qo’shilishi sezilarli ta’sir qiladi. Oqsillar izoelektrik nuqtada cho’kmaga yaxshi tushadi.
Muhitning rNini kislotali yoki ishqoriy tomonga o’tib qolishi natijasida oqsillarning cho’kishi to’xtab qoladi. Kuchli kislotali va kuchli ishqoriy muhitda oqsillar qaynatilganda cho’kmaga tushmaydi. Kislotali muhitda oqsil molekulasi musbat zaryadlanadi, kuchli ishqoriy muhitda esa manfiy zaryadga ega bo’ladi. Elektrolitlarning qo’shilishi (masalan, natriy xlorid) natijasida hatto kislotali muhitda ham oqsillarning koagulyastiyalanish prostessi tezlashadi.
Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 1%-li sirka kislota,
v) 10%-li sirka kislota, g) 10%-li o’yuvchi natriy, d) natriy xlorning to’yingan eritmasi.

Download 49.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling