Laboratoriyalar to`plami
-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
Download 1.68 Mb.
|
16-variant (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-laboratoriya ishi Vagonlangan jo‘natmada universal vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash
- - temir yo‘lining universal vagonlarda yuklarni tashishda № 1 tarif sxemasi bo‘yicha;
- - №106 tarif sxemasi bo‘yicha – universal vagonlarda tashiladigan vagonlangan jo‘natmalarga aniqlanadi;
- Хаваст
7.1-jadval
Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
8-laboratoriya ishi Vagonlangan jo‘natmada universal vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga vagonlangan jo‘natmada universal vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish. Tarifni qo‘llashga nisbatan tashish uchun alohida vagon taqdim etilishini talab qiladigan yuk jo‘natmasi vagonlangan jo‘natma deb hisoblanadi. Vagonlangan jo‘natmada yuklarni tashishda, jo‘natuvchi stansiyada kimning vositasida jo‘natma vagonga ortilganidan qat’iy nazar, tashish xujjatlarida “ВО” belgisini qo‘yadi. Universal vagonlarda (yopiq vagonlar, platformalar, yarim ochiq vagonlar) barcha yuklarni vagonlangan jo‘natmalarda tashishda (jo‘natuvchi va oluvchi ayrim fuqarolar bo‘lganidan tashqari) kira haqlari Прейскурант 10-01 [7] ning 1-bo‘limi: - temir yo‘lining universal vagonlarda yuklarni tashishda № 1 tarif sxemasi bo‘yicha; - vazirliklar va idoralarning, korxonalari va tashkilotlari tasarrufidagi yoki ular ijaraga olgan universal vagonlarda yuklarni tashishda №2 tarif sxemasi bo‘yicha aniqlanadi. Nazarda tutilgan №1 va №2 sxemalar bo‘yicha kira haqlari yuklarni turidan qat’iy nazar Прейскурант 10-01 ning 1-bo‘limida keltirilgan hisob jadvallari bo‘yicha universal vagonlardagi yukning vazni uchun aniqlanadi, ammo tegishli yuklarning minimal vazn normasidan (MVN) kamiga emas. Universal vagonga 80 t dan ziyod yuk ortilganida kira haqlari, “80 t” qatoridagi to‘lovga 80 t dan ziyod ortilgan har bir qo‘shimcha tonna uchun “при весе свыше 80 т за 1 т” qatori bo‘yicha to‘lovni qo‘shish bilan aniqlanadi. Yuklarni ortish va mahkamlash uchun vagonga o‘rnatilgan ajraladigan va ajralmaydigan qo‘shimcha moslamalarning (turniketlar, ustunlar, kassetalar, piramidalar va boshqalar) vazni tashish hujjatlarida ko‘rsatiladi va kira haqlari yukni netto vazni va qo‘shimcha moslamalarni vazni jamlangan vagondagi yukni umumiy vazniga undiriladi. Paxta tolasini tashish uchun kira haqlari Прейскурант 10-01 ning 8-bo‘limida keltirilgan: - №106 tarif sxemasi bo‘yicha – universal vagonlarda tashiladigan vagonlangan jo‘natmalarga aniqlanadi; - № 107-tarif sxemasi bo‘yicha – rejada nazarda tutilgan yopiq vagonni o‘rniga refrijerator vagoni berilganida aniqlanadi. Yuklarni tashish kira haqlarini aniqlash uchun: a) №4 sonli Tarif qo‘llanma [2], [3] va [4] laridan jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan tarif masofa aniqlanadi; b) vagonlangan jo‘natma uchun kira haqlarini hisoblashda yukni vaznini (uy buyumlaridan va yo‘lovchi poezdlarida tashiladigan yuklardan tashqari), 500 kg va undan ziyodi to‘liq tonnalargacha butunlanadi va 500 kg dan kami hisobga olinmaydi; v) qaysi turdagi vagonda yukni tashish amalga oshirilishi belgilanadi; g) yukni nomi bo‘yicha №407 To‘plam [10]ning, yuklarni alfavit ro‘yxatidan, ЕТСНГ kodi aniqlanadi; d) ЕТСНГ kodining tarif guruhi va pozitsiyasining nomeri bo‘yicha temir yo‘li umumiy parkining universal vagonlari va xususiy yoki ijaraga olingan universal vagonlar uchun MVN aniqlanadi. Agar vagondagi yukni vazni MVN dan kam yoki teng bo‘lsa, tashish kira haqi universal vagonlarga shu MVN uchun undiriladi. Vagondagi yuklarni vazni MVN dan ziyod bo‘lgan holatlarda tashish kira haqlari, vagondagi yukni vazniga undiriladi. Agarda MVN “г/п” (ya’ni vagonning yuk ko‘tarishiga teng) deb ko‘rsatilgan bo‘lsa kira haqlari vagondagi yukni vazni uchun hisoblanadi, ammo vagonning tonnadagi yuk ko‘tarishidan kamiga emas. 8.1-misol: Кучлук stansiyasidan Бухара I stansiyasiga 66570 kg “Известняк строит” ni tashish kira haqi aniqlansin. Yechish: a) №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan Кучлук va Бухара I stansiyalarini qidirib topamiz: Stansiya Кучлук: Uzbek.; Страница 391; Строка 40; Ташкент-Товарный-6, Хаваст-153; Kod 722504. Stansiya Бухара I: Uzbek; Страница 395; Строка 12; Акжигит (эксп.) - 67, Мароканд - 164; Kod 733104. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natuvchi stansiya joylashgan uchastkadan chiquvchi tranzit punktini va tayinlangan stansiya joylashgan uchastkaga kiruvchi tranzit punktini aniqlash uchun ularning orasidagi masofa 4 marotaba aniqlanadi va eng kam masofaga ega bo‘lgani chiquvchi tranzit punkti va kiruvchi tranzit punkti deb qabul qilinadi. №4 Tarif qo‘llanmasining 3-kitobi [4] ni “O‘zbekiston temir yo‘llari tranzit punktlari tarif masofalari” jadvalidan quyidagi tranzit punktlar orasidagi tarif masofalarini aniqlaymiz: Ташкент-Товарный – Акжигит (эксп.) 506 km; Ташкент-Товарный – Мароканд 580 km; Хаваст – Акжигит (эксп.) 347 km, min; Хаваст – Мароканд 421 km; Shunday qilib harakat yo‘nalishi bo‘yicha: Хаваст – chiquvchi tranzit punkti; Акжигит (эксп.) – kiruvchi tranzit punkti. Stansiyalar orasidagi masofalar: Кучлук – Хаваст = 153 km; Хаваст – Акжигит (эксп.) = 347 km; Акжигит (эксп.)– Бухара I = 67 km. Кучлук stansiyasidan Бухара I stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 153 + 347 + 67 = 579 km. tashkil etadi; b) yuk vaznini butunlaymiz – 66 t; v) yuk to‘rt o‘qli yopiq universal vagonda (model 11-066) tashiladi, vagonning yuk ko‘tarishi (г/п) 68 t; g) “Известняк строит”– 232130; d) ЕТСНГ kodining tarif guruhi va pozitsiyasining nomeri bo‘yicha temir yo‘li umumiy parkining universal vagonlar uchun MVN: 232004 Известняк строит....................................... г/п; Temir yo‘l umumiy parkining universal vagonlari uchun – Прейскурант 16-00 ning №1 tarif sxemasi bo‘yicha yoki “Sxema № 1” faylidan kira haqi 68 t uchun (yukni vazni 66 t, lekin MVN г/п = 68 t) 579 km ga undiriladi; Tashish kira haqi 5 479 955 so‘m, uni 0,5500 koeffitsientiga (mahalliy qatnovlar uchun maxsus chegirma, Ангрен-ПОП ga bu koeffitsient 0.6548 ga teng, Тошгузар-Бойсун-Кумкурган ga esa bu koeffitsient 0,5787 ga teng) ko‘paytiramiz, va jami summadan 15 % miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i undiriladi. Shunday qilib jami tashish kira haqi: 5 479 955× 0,5500= 2 702 925,25 +2 702 925,25×15% = 3 137 674,04 so‘m Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 8.1-jadvaldagi variantlar bo‘yicha tashish kira haqlarini aniqlaydi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling