Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
Suzish nazariyasi. Yot moddalar zarrachalari va mikroorganizmlarni suzgichlar yordamida ushlanib qolishi quyidagi ikkita nazariya bilan izohlanadi:
1. Ekran nazariyasi. 2. Suzgich devori ichki qatlamlarida yuz beradigan hodisa. Ekran mexanizmli suzgich teshigining diametri moddalar diametridan kichik bo‘lishiga asoslanadi, katta zarrachalar suzgich yuzasida ushlanib qoladi. Ikkinchi nazariya bo’yicha mikroorganizm va yot moddalarning ushlanib qolishi elektrokinetik adsorbsiya mexanizmiga asoslanadi. Suzgich musbat potensialga ega bo‘lganligi uchun kappillyarda o‘tayotgan suyuqlik tarkibidagi yot moddalar va mikroorganizmlar elektrokinetik adsorbsiya ta’sirida kapillyar devorlarida ushlanib qoladi, ya’ni tarkibida suzgich kapillyar diametridan kichik bo‘lgan zarrachalari bo‘lgan suyuqlik suzish paytida tozalanib o‘tadi. Ko‘proq amalda ishlatiladngan membrana suzgichlardan kaprillyarining diametri 0,22 mkm ga teng, eng kichik bakteriya diametri esa 0,3 mkm ga teng keladi. Demak, membrana suzgichlarda suyuqlikni suzganda zarracha va mikroorganizmlar ekran hamda kapillyar devorlarida elektrokinetik adsorbsiya hisobiga ushlanib qoladi. Membrana suzgichlar plastina holida, 100—150 mkm qalinlikda polimer qobig’i (karkas) asosida, kapillyar qa’rida ushlab qoladigan suzgichlar esa taxtakachlash, yuqori haroratda ishlov berish, yelimlash yo’li bilan shisha, po‘lat, chinni, keramika, asbotsellyuloza aralashmasi, sun’iy polimer tolalaridan tayyorlanadi. Bunday suzgichlarning qalinligi membrana suzgichlardan 20—40 marta ortiq (2—6 mm) bo‘ladi va mexanik yot moddalar elash, sorbsiya va inersiya mexanizmi asosida ushlanib qoladi. Bunda kapillyar diametri 1,6 mkm ga teng bo‘lganda ham 100% 0,3 -mkm dan kichik bo’lmagan bakteriyalar ushlanib qoladi. Suzish jarayonidan ilgari suzgichlarning ma’qul ishlash rejimi va zichligi belgilab olinadi. Buning uchun suzgichlar «pufakcha nuqtasi» bo’yicha tekshiriladi. Bu suzgich kapillyarlaridagi suyuqlikning havo yordamida siqib chiqarilishiga asoslanadi. Suv bilan namlangan suzgichga bosim berilsa, kapillyar ichidagi suyuqlik yuza qavatiga pufakcha bo‘lib chiqadi. Bosim kuchi kapillyar diametriga bog‘liq bo‘ladi. Shu bosim «pufakcha nuqtasi» deyilib, u suzgichning bir meyorda ishlashini ta’minlaydi. Misol: «Millipor» suzgichi uchun «pufakcha nuqtasi» 3,8 atm, Vladipor suzgichining MFS № 1 turi uchun 0,5 atm, MFS № 4 uchun 3 atm ga teng. Suzish jarayonida yot mexanik moddalarning yopishishi (adgeziya) kuchidan suyuqlikning gidrodinamik oqim kuchi yuqori bo‘lganda ular suzgichdan o‘tib ketadi. Suzish jarayoni Puazeyl tenglamasi bilan quyidagicha ifodalanadi: bu erda: Q — suzilgan suyuqlik hajmi, m3 Z — 1 m2 yuzadagi kapillyar soni F — suzgich yuzasi, m2 r — o‘rtacha kapillyar radiusi, m R — bosimlar farqi, N/M2 t — suzilish vaqti, s h — absolyut qovushqoqlik, N 1 — o‘rtacha kapillyar uzunligi, m Ishlatilgan suzgichlarni qayta yaroqli holga keltirish quyidagicha olib boriladi: siqiladigan suzgichlarni teskari oqimda bug‘ bilan ma’lum vaqt ishlov berib, so‘ngra suv bilan oqarguncha yuviladi. Metallokeramik suzgichlarni qaynoq suv yuvish, polipropilendan tayyorlangan (membranali suzgichlar qayta ishlatilmaydi) suzgichlar yuqori haroratda kislota aralashmasi bilan ishlangach, suv bilan yuviladi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling