Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Download 323.45 Kb.
bet56/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

2. Maydalangan fazalar yuzasi. Xomashyo qanchalik mayda bo‘lsa ajratma olish jarayoni ham shunchalik samarali kechadi. Biroq maydalik darajasini ortish bilan olingan ajratmaning tiniqligi kamayib loyqaligi ortib ketadi. Shuning uchun ham xomashyoni m’o‘tadil maydalik darajasigacha maydalash maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: dorivor o‘simliklarning bargi, guli va yer ustki qismlari 3-5 mm, poyasi, ildizi, ildizpoyasi va po‘stloqlari 1-3 mm, mevasi va urug‘i 0,3-0,5 mm kattalikda maydalangan bo‘lishi kerak.
3. Konsentratsiyalar farqi. Xomashyo va ajratuvchining konsentratsiyasi ajrtama olish jarayonini harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ajratma olish jarayonida ajratuvchini tez-tez almashtirib turish yoki yangilab turish hisobiga konsentratsiyani maksimal darajada past ushlab turishga harakat qilish lozim.
4. Ajratma olish vaqti. Ajratma olishda u yoki bu usulning maqsadga muvofiqligi vaqt birligida ajralgan modda miqdori bilan belgilanadi. Ajratma olish jarayonida biologik faol moddalarning ajralib chiqish tezligi ajratma olish vaqtini belgilaydi. Ko‘pincha biologik faol moddalar ajratma olishning birinchi soatlaridanoq tez ajralib chiqadi, so‘ng ma’lum miqdordagi ajratuvchi ishlatilishiga qaramay ajratma olish jarayoni susayib, ajratma olish uzoq vaqt davom etadi. Bu o‘simlik to‘qimasidagi moddalarning molekulyar massasi har xil bo‘lganligi uchun, to‘qimalar holati, maydalik darajasi, maydalash vaqtida xomashyo shaklining o‘zgarish-o‘zgarmasligi va boshqalar bilan izohlanadi. Ajratma olish kinetikasini o‘rganish shu jarayonni muddatini kamaytiradi. Ishlatiladigan spirtni to‘g‘ri tanlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Shunga asoslanib MH ayrim nastoykalar uchun belgilab qo‘yilgan spirt quvvatiga tuzatish kiritish mumkin.
Massa almashinish tenglamasining asosi biofaol moddalar miqdorini ajratuvchi muhitida teng taqsimlanishi ajratma olish jarayoni vaqtiga to‘g‘ri proporsionaldir. Jarayonni belgilangan vaqtdan ortib ketishi, asosiy biofaol moddalar bilan birga yuqori molekulyar massali brikmalarni ham ajratma tarkibiga o‘tishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida ajratmada begona moddalarni ko‘payishi hisobiga qo‘shgimcha tozalash jarayonlarini ham talab qiladi.

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling