Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekstraksiya jarayoniga ta’sir q iladigan omillar. 1. Gidrodinamik shart-sharoitlar.
Konvektiv diffuziya — aralashtirish yoki aralashtirishga sabab bo‘ladigan, harorat o‘zgarishi va boshqa sabablar tufayli vujudga keladigan jarayon. Konvektiv diffuziya tufayli moddalar erigan holda bir qatlamdan boshqa qatlamga o‘tadi. O‘tayotgan qatlam ichida molekulyar diffuziya ham sodir bo‘ladi. Konvektiv diffuziya tenglamada ifodalanadi.
Demak, ajralib chiqqan modda miqdori konvektiv diffuziya koeffitsientiga, qatlam yuzasiga, konsentratsiya farqi va jarayon davom etgan vaqtga to‘g‘ri mutanosib ekan. «Ichki» diffuziya xomashyo hujayralaridagi moddalarni tashqariga olib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Bunda harakatlantiruvchi kuch molekulyar diffuziyaning «ichki» koeffitsientidir. Ajratma olish jarayoni uch bosqichdan iborat: xomashyo to‘qimalari va ularning yuzasi o‘rtasidagi molekulyar diffuziya (ichki diffuziya). diffuziya kechadigan yuzalar oralig‘idan moddalarning o‘tishi. Bunda asosiy, omil diffuziya koeffitsientidir. harakatdagi ajratuvchi oqimida moddalarni oqib o‘tishi tezlashadi. Bunda asosiy omil konvektiv diffuziya koeffitsientidir. Umumiy ajralib chiqqan modda miqdori massa almashinish deb ataladi. Massa almashinish koeffitsienti (K) 1 m2 yuzadagi konsentratsiyalar farqi 1kg/m3 bo‘lganda 1 soniyada ajralib chiqqan modda miqdorini ifodalaydi. Vaqt birligida bir fazadan ikkinchisiga o‘tgan modda miqdori massa almashinish koeffitsienti, qatlam yuzasi, jarayon davom etgan vaqt va konsentratsiyalar farqiga to‘g‘ri mutanosibdir. Demak, diffuziya jarayonining asosiy omili konsentratsiyalar farqi bo‘lib, korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, asbob-uskunalarni tanlash aynan shunga asoslanadi. Ekstraksiya jarayoniga ta’sir qiladigan omillar. 1. Gidrodinamik shart-sharoitlar. Massa almashinish koeffitsienti quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi: K – massa almashinish koeffitsienti; J - biofaol modda diffuziyalanadigan material zarrachalarining qalinligi, m; Did – ichki diffuziya koeffitsienti, m2/s; d – diffuzion qavat chegarasining qalinligi, m; β – konvektiv diffuziya koeffitsienti, m/s. U barcha diffuziya koeffitsientlari o‘z ichiga olib, jarayonni gidrodinamik sharoitlariga mos ravishda o‘zgarishi mumkin. Konvektiv diffuziyani ro‘y bermasligi ya’ni xomashyo va ajratuvchini aralashtirishsiz konvektiv diffuziya nolga teng bo‘ladi, diffuziya qavatining qalinligi butun ajratuvchi yuzasining qalinligiga teng bo‘ladi. Harakatlanmaydigan suyuqlikda massa almashinish koeffitsienti xomashyoning ichki diffuziyasi va erkin molekulyar diffuziya bo‘yicha aniqlanadi. Bunday holat matseratsiyada xomashyo va ajratuvchini aralashtirmasdan ham ajratma olish imkonini beradi. Biroq uzoq davom etadi. Shunday ekan jarayonlar matseratsiya, perkolyasiya, reperkolyasiya va boshq. qisman bo‘lsada aralashtirish bilan borishi kerak. Bunday holatlarda massa almashinish faqat diffuziya koeffitsienti bo‘yicha aniqlanadi. Bugungi kunda amaliyotda rotor-pulsatsion apparatda ajratma olish, ultratovush usulida ajratma olish ham aynan shu qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling