9. Xomashyoning g‘ovakligi. Xomashyoning g‘ovakligi qanchalik katta bo‘lsa, bo‘kish jarayonida hujayra ichki qavatida sharbat hosil bo‘lishi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunga xom ashyoni namlash va bo‘ktirish jarayonlari ta’sir qiladi. Bo‘kish jarayonining tezligiga vakuum hosil qilish, xomashyoni maydalik darajasini, bosim yoki haroratni oshirish bilan erishiladi.
10. Namlanish koeffitsienti. Bu maydalangan xomashyoda hujayra devorlarini buzilishi bilan izohlanadi. Agar xomashyo qanchalik kam maydalangan bo‘lsa hujayra devorlari ham shunchalik kam buzilgan bo‘ladi natijada ajratma olish jarayoni faqat molekulyar diffuziya hisobiga shunchalik sekin kechadi. Shuningdek xomashyo bilan ajratuvchining nisbati ham qolaversa belgilangan nisbatda, belgilangan vaqtda, belgilangan vaqt oralig‘ida xomashyo va ajratuvchini aralashtirib turish ham ajratma olish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
11. Xomashyoni ajratuvchi bilan chayqatilishi, to‘qnashuvi, ta’sirlanishi, maydalanishi va deformatsiyaga uchrashi. Bu quyidagi holatlar bilan tushuntiriladi:
- doimiy ravishda qattiq zarrachalar intensiv harakatlanishini ortishi gidrodinamik mikrpotoklar hosil bo‘lishini hisobiga massa almashinishi yuzaga keladi. Bu qattiq zarrachalarning ichki ham tashqi yuzasida yuz beradi. Natijada hujayralar ichki qavatida doimiy aralashish jarayonlari kuzatiladi.
- xomashyo zarrachalarini doimiy ravishda chayqatmish hisobiga hujayra devorlari orasida darz ketish kuzatiladi va haroratni qisman ko‘tarilishi ro‘y beradi. Natijada ajratuvchining qovushqoqligi kamayadi va ichki diffuziya koeffitsienti ortadi.
- turbulentlikni ortishi natijasida hujayra qobig‘ining diffuzion qavati suvsizlanadi va kichik g‘ovaklar hosil bo‘ladi.
- doimiy chayqatish hisobiga siqilish va cho‘zilish zonalarining navbatlashib kelishi (kavitatsion zonalar), bir qancha yuz atmosfera kuchida ajratuvchida suyuqlikning uzilishiga olib keladi. Buning yaxshi tomoni zarrachalarni dispergirlash natijasida fazalar aro yuzaning ortishiga sabab bo‘ladi.
Natijada trubulent aralashish hisobiga hujayraning ham tashqi, ham ichki molekulyar-kinetik harakatlanishi konvektiv diffuziyaga aylanadi. Fazalarni bir-biri bilan yuqori darajadagi muloqoti hisobiga konsentratsiyalar farqini yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |