Lanishga qarshi nosteroid va steroid tuzilishidagi dori vositalari klinik farmakologiyasi


Download 316.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana05.04.2023
Hajmi316.21 Kb.
#1276294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8 - Nazariy materiyal

Pirazolon unumlari past ishqoriy muhitli bo‘lganligi sababli tez va to‘liq 
holda ingichka ichakda, oshqozonda so‘riladi. Ularni ovqatdan ilgari tavsiYa 
etilganda oshqozonda so‘rilishi Yanada kuchaYadi. Analgin 80-90 foizgacha qon 
zardobi oqsillari bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Bular glyukuronidlar holida 
jigarda parchalanib, metabolitlar hamda bir qismi o‘zgarmagan xolda buyraklar 
orqali chiqariladi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu dorilar sekin papchalanadi. 
Masalan, amidopirinning Yarim chiqish vaqti chaqaloqlarda 40 soat bo‘lsa, 
kattalarda 2-4 soatga teng. Buyraklar faoliYati buzilganda bular organizmda 
to‘planib qolishi mumkin. Butadion kam miqdorda induktor sifatida jigar 
faoliYatini kuchaytiradi. SHu sababli u bolalarda bilirubin oshib ketganda uni 
davolash uchun ishlatiladi. Lekin uzoq muddat qabul qilinganda dori jigar, yurak 
faoliYatini buzadi. 
Boshqa guruh dorilari bilan o‘zaro ta’siri. Pirazolon unumlari salitsilatlar 
singari ko‘p dorilarni oqsildan siqib chiqaradi. Bundan tashkari, butadion xingamin 
bilan birga berilsa teri Yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Butadion 
digitoksinning parchalanishini, insulinning qandni pasaytirish xususiYatini 
tezlashtiradi, xolestiramin butadionning surilishini kamaytiradi. YOsh bolalarda 
amidopirin, analginning salbiy ta’siri natijasida oq qon tanachalari kamayib ketadi 
(leykopeniYa, agranulotsitoz). SHu sababli bular uzoq muddat ishlatilganda 
periferik qon tarkibini tekshirib turish zarur. Oq qon tanachalari kamaysa, bu 
dorilardan foydalanishni to‘xtatish kerak. 
Salbiy ta’siri. Butadionni dermatitlar, gastralgiYa va organizmda suyuqlik 
ushlanib qolishi tufayli yuz bergan yurak etishmovchiligida buyurilmaydi. Bazi 
paytlarda butadion qon ivishini susaytiradi (siydikda qon paydo bo‘ladi) va yurak 
distrofiYasiga (EKG da S-T tishi ko‘tariladi) sabab bo‘lishi mumkin. Butadion 
odam limfotsitlari xromosomalarida aberratsiYa chaqirganligi tufayli uni 
homilador ayollarga berib bo‘lmaydi. 

Download 316.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling